Ta’lim | 12:15 / 04.10.2025
4152
2 daqiqa o‘qiladi

Asosiy olimpiadaning tuman (shahar) bosqichi sanalari ma’lum qilindi

Joriy o‘quv yilida asosiy olimpiadaning ikkinchi - tuman (shahar) bosqichi 14-23 oktyabr kunlari respublikaning barcha hududlarida o‘tkaziladi. 

Olimpiadada maktab bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar ishtirok etadi.

Fanlar bo‘yicha o‘tkaziladigan bosqichlar quyidagicha belgilangan:

  • 14 oktyabr – Matematika;
  • 15 oktyabr – Kimyo;
  • 16 oktyabr – Fizika;
  • 17 oktyabr – Informatika va AT;
  • 18 oktyabr – Biologiya;
  • 20 oktyabr – Tarix, Geografiya;
  • 21 oktyabr – Rus tili va adabiyoti, Davlat va huquq asoslari;
  • 22 oktyabr – Ingliz tili, Nemis tili, Fransuz tili, Tojik tili;
  • 23 oktyabr – Ona tili va adabiyot, O‘zbek (Davlat) tili, Qozoq tili, Qoraqalpoq tili va adabiyoti.

Olimpiadalar har kuni soat 10:00 dan 17:00 gacha bo‘lib o‘tadi. Ikkinchi bosqich 1 turda, test shaklida o‘tkazilishi mumkin.

Har bir fan bo‘yicha eng yuqori natijani ko‘rsatgan 3 nafar o‘quvchi keyingi bosqichga yo‘llanadi. Natijalar esa o‘sha kunning o‘zida e’lon qilinadi.

Belgilangan vaqtda qatnashmagan o‘quvchilar uchun qayta topshirish imkoniyati berilmaydi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid