Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Isroil o‘z harbiylariga G‘azodagi hujumlarini kamaytirishni buyurdi
Isroil HAMASning omon qolgan garovga olinganlar va jasadlarni Isroilga topshirishi haqidagi e’lonidan so‘ng Tramp rejasining birinchi bosqichini «zudlik bilan amalga oshirish»ga hozirlik ko‘rmoqda.
Foto: Nathan Howard/AFP/Getty Images
Isroil AQSh prezidenti Donald Trampning G‘azo sektori bo‘yicha rejasining birinchi bosqichini «zudlik bilan amalga oshirish»ga hozirlik ko‘rmoqda. Bu haqda Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuning idorasi 4 oktyabr, shanbaga o‘tar kechasi ma’lum qildi. «Biz Oq uy rahbari va uning jamoasi bilan Isroil tomonidan belgilab berilgan, prezident Trampning qarashlariga mos keladigan tamoyillarga muvofiq urushni tugatish uchun to‘liq hamkorlikda ishlashda davom etamiz», — deya bayonotni keltiradi AFP.
Isroilning siyosiy rahbariyati o‘z harbiylariga anklavdagi hujumlarini qisqartirishni buyurdi, deb xabar bermoqda Reuters.
Amerika yetakchisi avvalroq Falastinning HAMAS harakati G‘azo sektoridagi garovga olinganlarni ozod qilishga va Amerikaning urushni tugatish rejasining bir qator boshqa shartlarini bajarishga tayyorligi haqidagi bayonotlari fonida Isroilni G‘azoni bombardimon qilishni zudlik bilan to‘xtatishga chaqirdi.
Falastinning HAMAS harakati esa AQSh prezidenti Donald Trampning tinchlik rejasi doirasida G‘azo sektoridagi barcha garovga olinganlarni ozod qilishga tayyorligini ma’lum qildi.
Jangchilar «almashinuv uchun zarur shart-sharoit yaratilsa» barcha tirik qolganlar va jasadlarni «prezident Tramp taklif qilgan almashinuv formulasiga muvofiq» Isroilga topshirishga rozi bo‘ldi. «Harakat ushbu kelishuv tafsilotlarini muhokama qilish uchun vositachilar orqali zudlik bilan muzokaralarni boshlashga tayyorligini tasdiqlaydi», deya ma’lum qildi HAMAS.
Mavzuga oid
14:35
AQSh «Lukoyl»ga joriy etilgan ayrim sanksiyalarni vaqtincha bekor qildi
13:42
Isroil «Yevrovideniye-2026»da qatnashadi, qator davlatlar tanlovni boykot qiladi
09:40
NYT OAV uchun joriy etilgan cheklovlar sabab Pentagonni sudga berdi
09:00