Ayollar dunyosi | 08:32 / 04.10.2025
2554
1 daqiqa o‘qiladi

Jiddada birinchi O‘zbekiston-Saudiya tadbirkor ayollari forumi o‘tkaziladi

Mamlakat Bosh konsulxonasi ko‘magida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi o‘rinbosari Nodira Shotursunova va Jidda Savdo-sanoat palatasi raisi maslahatchisi Sulton al-Hamid o‘rtasida onlayn uchrashuv tashkil etildi.

Foto: Dunyo

Tomonlar shu yilning noyabr oyida Jidda shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan O‘zbekiston – Saudiya Arabistoni tadbirkor ayollar birinchi forumini yuqori darajada tashkil etish masalalarini muhokama qildi.

Sulton al-Hamid Saudiya tomoni ushbu tadbirga puxta tayyorgarlik ko‘rayotganini bildirdi va forum yuksak saviyada o‘tkazilishiga ishontirdi.

Mazkur forumda ikki mamlakatning hunarmandchilik, kiyim-kechak va tekstil, dizayner, moda, zargarlik, mehmonxona va turizm biznesi, oziq-ovqat sanoati va pazandachilik sohasida muvaffaqiyatli faoliyat yuritayotgan tadbirkor ayollari ishtirok etadi.

Shuningdek, tadbir doirasida tadbirkor ayollar o‘rtasida B2B shaklidagi muloqot, master-klass, milliy va zamonaviy kiyim-kechaklar namoyishi hamda ikki mamlakat ishbilarmon ayollari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar ko‘rgazmasi tashkil etiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid