O‘zbekiston | 14:55 / 04.10.2025
2475
1 daqiqa o‘qiladi

Kuvayt ishtirokida Farg‘onada murakkab jarrohlik amaliyotlari o‘tkaziladi

Elchixona ko‘magida Kuvayt Jarrohlik kengashi prezidenti, Adan Hospital shifoxonasi jarrohi Muhammad al-Kandarining Farg‘ona viloyatiga safari tashkil etildi.

Foto: Dunyo

Viloyat hokimi Xayrulla Bozorov Kuvayt jarrohlik kengashi prezidenti Muhammad Alkandarini qabul qildi.

O‘zbekistonda tibbiyot sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, malakali mutaxassislarni tayyorlash borasidagi ishlar haqida to‘xtalib o‘tildi, bu jarayonda xalqaro hamkorlik va ilg‘or tajribalarni o‘rganish muhimligini ta’kidlandi.

Ayni paytda Kuvayt jarrohlik kengashi hamda Adan shifoxonasi viloyatdagi CAMU – Xalqaro tibbiyot universiteti va "Meridian" klinikasi bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ymoqda. Tashabbus doirasida Kuvaytning tajribali shifokor va professorlari ishtirokida Farg‘onada murakkab jarrohlik amaliyotlarini o‘tkazish, magistratura talabalarini o‘qitish hamda ularni stajirovkalarga yuborish rejalashtirilgan.

Muhammad al-Kandari ushbu yo‘nalishda amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumot berib, kelgusida boshqa qator loyihalarni ham yo‘lga qo‘yish niyatida ekanini bildirdi.

Дониёр Тухсинов
Tayyorlagan Дониёр Тухсинов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid