O‘zbekiston | 13:51 / 05.10.2025
6980
1 daqiqa o‘qiladi

Nukuslik qizlar ko‘zni skanerlash orqali kasallikni aniqlovchi startap yaratdi

Ushbu startap Qoraqalpog‘istonda sog‘liqni saqlash sohasidagi ilg‘or g‘oyalar va innovatsion yechimlarga bag‘ishlangan HealthTech Hackathon tadbirida taqdm etildi.

Respublikaning turli hududlardan kelgan yoshlar Nukusda sog‘liqni saqlash tizimini rivojlantirishga qaratilgan HealthTech Hackathon tadbirida startap g‘oyalarini taqdim etmoqda.

Qatnashchilar orasida Nukus shahridagi Alfa Team jamoasi ham bor. Jamoa a’zosi Kamila Ibrohimovaning so‘zlariga ko‘ra, ularning startapi inson ko‘zini skaner qilish orqali turli kasalliklarni aniqlaydigan innovatsion tizimni yaratishga qaratilgan. Bu sun’iy intellekt asosidagi chat-bot foydalanuvchining ko‘z tasvirini tahlil qiladi va agar xatarli belgiler aniqlansa, yaqin atrofdagi shifokor yoki shifoxona ko‘rigidan o‘tishni tavsiya etadi.

HealthTech Hackathon — ilmiy yondashuv, zamonaviy texnologiya va ijodiy fikrlashni uyg‘unlashtirgan muhim tadbir bo‘lib, uni o‘tkazish uchun Nukus shahri eng munosib joylardan biri sifatida tanlangan.

Tadbirda qatnashuvchilarning taxminan 40 foizini qizlar tashkil etmoqda.

Mavzuga oid