Respublikaning turli hududlardan kelgan yoşlar Nukusda soğliqni saqlaş tizimini rivojlantirişga qaratilgan HealthTech Hackathon tadbirida startap ğoyalarini taqdim etmoqda.

Qatnaşçilar orasida Nukus şahridagi Alfa Team jamoasi ham bor. Jamoa a’zosi Kamila Ibrohimovaning sözlariga köra, ularning startapi inson közini skaner qiliş orqali turli kasalliklarni aniqlaydigan innovatsion tizimni yaratişga qaratilgan. Bu sun’iy intellekt asosidagi çat-bot foydalanuvçining köz tasvirini tahlil qiladi va agar xatarli belgiler aniqlansa, yaqin atrofdagi şifokor yoki şifoxona körigidan ötişni tavsiya etadi.

HealthTech Hackathon — ilmiy yondaşuv, zamonaviy texnologiya va ijodiy fikrlaşni uyğunlaştirgan muhim tadbir bölib, uni ötkaziş uçun Nukus şahri eng munosib joylardan biri sifatida tanlangan.

Tadbirda qatnaşuvçilarning taxminan 40 foizini qizlar taşkil etmoqda.