O‘zbekiston | 11:03 / 06.10.2025
4399
1 daqiqa o‘qiladi

Hafta davomida havo iliq bo‘lishi kutilmoqda

O‘zbekistonda ish haftasi davomida quyoshli va juda iliq ob-havo kuzatiladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat kechalari +8…+13, kunduzi +23…+32 darajagacha ko‘tariladi.

Foto: Kun.uz

Ish haftasi davomida O‘zbekiston hududi bo‘yicha quyoshli va juda iliq ob-havo kuzatiladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi, deya xabar bermoqda O‘zgidromet.

Harorat foni iqlim me’yoridan biroz yuqori bo‘ladi. Harorat kechalari +8…+13 darajani tashkil etadi, kunduz kunlari hafta boshida +20…+25 daraja bo‘ladi, hafta oxiriga kelib +23…+28 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda +30…+32 darajagacha ko‘tariladi.

10 oktyabr, juma kuni respublika shimolida ba’zi joylarda shamol tezligi 1318 metr/soniyagacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar ilan kuzatilishi mumkin.

Toshkent shahrida havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 38 metr/soniya tezlikda esadi.

Dushanba kunduzi havo harorati +22…+24 darajani tashkil etadi. Hafta davomida kechalari +9…+12 daraja, kunduz kunlari +23…+26 daraja atrofida bo‘ladi.

Mavzuga oid