Turizm | 11:17 / 07.10.2025
2704
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonga eng ko‘p qaysi davlat fuqarolari qarindoshlarini yo‘qlash uchun keladi?

2025 yilning yanvar–avgust oylarida jami qariyb 5,2 mln nafar xorij fuqarolari qarindoshlarini yo‘qlash uchun O‘zbekistonga tashrif buyurgan. 

Foto: Milliy statistika qo‘mitasi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 1,2 mln nafarga yoki 28,9 foizga oshgan.

Mazkur davrda O‘zbekistonga eng ko‘p qarindoshlarini yo‘qlash uchun kelgan top-15 davlat fuqarolari:

  • Qirg‘iziston – 1,8 mln nafar;
  • Qozog‘iston – 1,5 mln nafar;
  • Tojikiston – 1,4 mln nafar;
  • Rossiya – 353,7 ming nafar;
  • Turkiya – 30 ming nafar;
  • Turkmaniston – 15,8 ming nafar;
  • Xitoy – 4,4 ming nafar;
  • Ozarboyjon – 4,1 ming nafar;
  • Ukraina – 3,7 ming nafar;
  • Belarus – 3,4 ming nafar;
  • Koreya Respublikasi – 3,3 ming nafar;
  • Germaniya – 2,7 ming nafar;
  • Isroil – 2,1 ming nafar;
  • AQSh – 1,9 ming nafar;
  • Buyuk Britaniya – 1,4 ming nafar;
  • boshqa davlatlar – 14,5 ming nafar.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid