Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Pavel Durov Qozog‘istondagi Ko‘lsoyda cho‘mildi, bu qonun bilan taqiqlangan
Ko‘l joylashgan milliy bog‘ ma’muriyati ushbu ko‘lda cho‘milish taqiqlanganini tushuntirdi.
Foto: Videodan kadr
Telegram asoschisi Pavel Durov Qozog‘istonga tashrifi chog‘ida Olmaotadagi Ko‘lsoy ko‘lida cho‘mildi. Bu haqda video e’lon qilib, «Bu juda yaxshi suzish bo‘ldi» deb izoh qoldirdi.
Orda nashrining so‘roviga ko‘ra, milliy bog‘ ma’muriyati ushbu ko‘lda cho‘milish taqiqlanganini tushuntirdi - Ko‘lsoy ko‘llari davlat tabiat bog‘i tarkibiga kiradi va qoidabuzarlik 39320 tenge (≈870 ming so‘m) miqdorida jarima bilan jazolanadi.
Ma’muriyat ko‘llardagi suv hatto yozda ham 6-8°C darajadan yuqoriga ko‘tarilmasligini, bu esa sog‘liq uchun xavfli ekanini eslatdi.
Shu bilan birga, bog‘ xodimlari videoning haqiqiyligiga shubha bildirib, u neyron tarmoq yordamida montaj qilingan yoki yaratilgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qildi, garchi Durovning o‘zi videoni Telegram-kanalida e’lon qilgan bo‘lsa ham.
Mavzuga oid
20:23 / 31.03.2026
Shavkat Mirziyoyev Qozog‘iston tashqi ishlar vaziri Yermek Kosherbayevni qabul qildi
09:40 / 31.03.2026
Rossiya va Qozog‘istondan O‘zbekistonga ko‘chib kelish ko‘paymoqda
07:17 / 25.03.2026
Qozog‘istonda ilmiy-fantastik uslubdagi osmono‘par bino qurilishi boshlandi
08:51 / 24.03.2026