Jamiyat | 09:20 / 07.10.2025
2534
2 daqiqa o‘qiladi

Shota Rustaveli ko‘chasida avtobuslar harakati boshlanadi

7 oktyabrdan boshlab Toshkentning Shota Rustaveli ko‘chasida rekonstruksiya qilingan markaziy avtobus yo‘lagi faoliyati yo‘lga qo‘yilmoqda.

Foto: Transport vazirligi

Mazkur yo‘nalishda uchta avtobus yo‘nalishi: 38, 57 va 58-raqamli avtobuslar qatnovi yo‘lga qo‘yiladi. Jamoat transporti alohida ajratilgan bo‘lakda ustuvorlikka ega. Bekatlar markazda joylashgan.

Avtobus yo‘lovchilari va avtomobil haydovchilari uchun harakatlanish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Yo‘lovchilar uchun:

  • avtobuslar endi markaziy, ajratilgan yo‘lak bo‘ylab harakatlanadi;
  • yo‘lovchilar yo‘lning markaziy qismidagi maxsus platformalar orqali chiqib, tushadi;
  • platformalarga faqat belgilangan piyodalar o‘tish joylari orqali chiqiladi. Belgilanmagan joylardan o‘tish qat’iyan man etiladi;
  • avtobusni faqat old tomonidan aylanib o‘tish mumkin;
  • platformada yo‘lovchilar sariq xavfsizlik chizig‘i orqasida turishi va avtobus to‘xtagachgina eshikka yaqinlashishi kerak.

Haydovchilar uchun:

  • Shota Rustaveli ko‘chasidagi o‘rta yo‘lak faqat avtobuslar harakati uchun mo‘ljallangan;
  • ushbu yo‘lakda boshqa transport vositalarining harakatlanishi, to‘xtashi yoki yo‘lni kesib o‘tishi qat’iyan man etiladi;
  • avtobuslar markaziy yo‘lakda ustuvorlikka ega. Ruxsat etilgan joylarda avtobuslarga yo‘l berish kerak;
  • ko‘cha bo‘ylab har ikki yo‘nalishda chapga burilish va ortga qayrilib olish taqiqlanadi. Burilishga faqat belgilangan chorrahalarda ruxsat beriladi.
Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid