Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy: Yevropaga dronlar «soyadagi flot» kemalaridan uchirilyapti
Ukraina prezidenti Yevropani Daniya va Germaniyadagi dron provokatsiyalariga qat’iy javob berishga chaqirdi.
Ukraina Tashqi razvedka xizmati Rossiyaning «soya floti» tankerlari Yevropa mamlakatlaridagi muhim obektlar ustida uchuvchisiz uchoqlar bilan bog‘liq so‘nggi provokatsiyalarda ishtirok etgani haqidagi da’volarni tasdiqladi. Bu haqda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 7 oktyabr, seshanba kuni fuqarolara kechki videomurojaati chog‘ida aytib o‘tdi.
Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina Tashqi razvedka xizmati rahbari Oleg Ivashchenko unga Moskva sanksiyalarga qaramay neft eksport qilishda foydalanayotgan kemalar «diversiyalar va Yevropani beqarorlashtirishga qaratilgan turli urinishlar» uchun qanday foydalanilayotgani haqida «batafsil gapirib berdi». «Biz o‘zimizdagi ma’lumotlarni hamkorlarimiz bilan baham ko‘ryapmiz va ular Rossiyaning harakatlariga javoban aniq qadamlar qo‘yishi juda muhim», — dedi Ukraina prezidenti.
Zelenskiy Kiyev o‘z ittifoqchilarini yanada qat’iyroq bo‘lishga chaqirayotganini ta’kidlab, ularning ba’zilari avvalroq Moskvadan qo‘rqib «ko‘p vaqt yo‘qotganini» ta’kidladi. «Ruslar bilishi kerakki, ularning hech bir buzg‘unchi harakatlari — barcha qabih qilmishlari javobsiz qolmaydi», — dedi Ukraina prezidenti.
Bir necha kun avval Ukraina Tashqi ishlar vazirligi Yevropa osmonida noma’lum uchuvchisiz uchoqlarning paydo bo‘lishiga boshqacha izoh bergan edi. Ukraina tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari Sergey Kislitsa The Guardian nashriga bergan intervyusida bunga Rossiyaning Yevroittifoq mamlakatlaridagi «agentlari» aloqadorligini da’vo qildi.
Kislitsa dron hodisalarini «yaxshi o‘ylab chiqilgan» deb ta’rifladi va Yevropani Rossiyaning Ukrainaga qarshi davom etayotgan urushi fonida ekzistensial tahdid deb atagan narsaga «jiddiy munosabatda bo‘lishga» chaqirdi. «Ishonchim komilki, Putin G‘arbni tahqirlashdan, o‘zini superkuchli deb bilganini ko‘rsatishdan jismoniy bo‘lmasa ham hissiy qoniqish hosil qiladi», — dedi Ukraina tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari.
Kislitsaning so‘zlariga ko‘ra, «umuman» Yevropa yetakchilari yangi voqelik bilan murosaga kelgan, biroq boshqa siyosatchilar va ekspertlar hali haqiqatni anglab yetmagan. «Ko‘pgina siyosatchilar hali ham o‘zlarining boshlarida o‘tgan asrning shablonlari va algoritmlarini ushlab turadi, o‘sha paytda urush piyodalarni joylashtirish va tanklarni oldinga siljitishni anglatardi», dedi Kislitsa. «XXI asrda texnologik rivojlangan mamlakatlarni tiz cho‘ktirish uchun tanklar kerak emas. Kiberurush — bu haqiqat. Bank tizimini falaj qilish uchun gaubitsalar kerak emas. Dronlardan foydalanish maqsadga erishishning yadroviy bomba ishlatishdan ko‘ra oqilona yo‘ldir».
Mavzuga oid
10:17
Yevropa robotaksi sinovlarini tezlashtirishga qaror qildi
15:20 / 09.06.2026
Harbiy havo kuchlari jangovar qo‘mondonligi tashkil etildi
08:45 / 09.06.2026
Ukraina Rossiyani BMTdan chiqish haqida o‘ylab ko‘rishga chaqirdi
22:09 / 08.06.2026