Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Falastin elchisi O‘zbekistondagi diplomatik faoliyatini yakunlamoqda
O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov kecha Falastin elchisi Javad Muhammad Avadni qabul qildi.
Foto: Dunyo
"Mamlakatimizda o‘z faoliyatini yakunlayotgan Falastinning O‘zbekistondagi elchisi Javad Muhammad Avad janoblari bilan uchrashdik, – deb yozdi O‘zbekiston TIV rahbari o‘zining Telegram-kanalida. – O‘zbekiston-Falastin munosabatlarini mustahkamlash va xalqlarimiz o‘rtasidagi do‘stlikni chuqurlashtirish yo‘lidagi Elchinining sa’y-harakatlariga chin dildan minnatdorlik bildiramiz".
Qayd etilishicha, O‘zbekiston BMT rezolyutsiyalariga muvofiq, "ikki xalq uchun – ikki davlat" tamoyilini amalga oshirishning qat’iy tarafdori.
"Elchi janoblariga kelgusi faoliyatida muvaffaqiyatlar tilaymiz", dedi Baxtiyor Saidov.
Mavzuga oid
23:08 / 21.05.2026
Parij Falastin xalqiga faxriy fuqarolik bermoqchi
07:22 / 09.05.2026
Italiyaning O‘zbekistondagi sobiq elchisi Rimda hibsga olindi
07:24 / 06.05.2026
O‘zbekistonning Jazoirdagi birinchi elchisi tayinlandi
18:02 / 01.05.2026