Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
YeK Vengriyaning YeI institutlarida josusligi haqidagi xabarlarni tekshirmoqda
Jurnalistik surishtiruvga ko‘ra, Vengriya tashqi razvedka xizmati Bryusselda Yevropa Ittifoqi institutlariga qarshi razvedka faoliyatini olib borish uchun josuslik tarmog‘ini yaratgan. Vengriyalik yevrokomissar Varxeyi bu tarmoqdan xabardor bo‘lishi mumkin.
Foto: Yves Herman/REUTERS/REUTERS
Yevrokomissiya Vengriya razvedka xizmatlarini Yevropa ommaviy axborot vositalaridagi ma’lumotlarga asoslanib, Yevropa Ittifoqi institutlariga qarshi josuslikda gumon qilmoqda va ichki tekshiruv o‘tkazish uchun maxsus guruh tuzmoqda. Bu haqda 9 oktyabr, payshanba kuni Bryusselda bo‘lib o‘tgan brifingda Yevrokomissiya vakili Balaj Uyvari ma’lum qildi. Jamoa Vengriya tashqi razvedka xizmati Axborot idorasi agentlari Yevropa Ittifoqi hukumat organlari tarkibida bor yoki yo‘qligini tekshiradi.
Xuddi shunday tergov Yevropa parlamentida ham boshlanadi. Belgiyaning sobiq bosh vaziri va amaldagi parlament deputati, sotsialistlar vakili Elio Di Rupo shunday tashabbus bilan chiqdi.
Mojaroning o‘zi uchta ommaviy axborot vositasi — Germaniyaning Der Spiegel jurnali, Avstriyaning Der Standart gazetasi va Belgiyaning flamand tilidagi De Tijd ishbilarmonlik nashri, shuningdek, Vengriyaning Direkt 36 notijorat tashkiloti bir necha oy davom etgan jurnalistik surishtiruv natijalarini e’lon qilganidan keyin avj oldi. U shuni ko‘rsatadiki, 2015 yildan 2017 yilgacha Yevropa Ittifoqi qarorlarini qabul qiluvchi organlarga tayinlangan kamida bir necha venger diplomatlari o‘z maqomiga mos kelmaydigan faoliyat bilan shug‘ullangan.
Surishtiruvda aytilishicha, Vengriya razvedka idoralari diplomatik niqob ostida Yevropa Ittifoqi institutlariga qarshi razvedka faoliyatini olib borish va ularga kirib borish uchun Bryusselda josuslik tarmog‘ini yaratgan. Ommaviy axborot vositalarida, shuningdek, Yevropa komissiyasining xavfsizlik xizmati tarkibida kamida bitta Vengriya razvedkasi agenti bo‘lgani da’vo qilingan.
Mavzuga oid
09:03 / 11.05.2026
Orban himoya qilgan sobiq vazir AQShga qochib ketdi
12:04 / 16.04.2026
Yangi biometrik chegara nazorati YeI aeroportlarida muammo chiqardi
22:47 / 14.04.2026
Orban yutqazdi. Tramp, Putin va Netanyahuning qo‘lloviga qaramay
21:18 / 14.04.2026