Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Donald Tramp Isroil parlamentida nutq so‘zlashi haqida ma’lum qildi
AQSh prezidenti shuningdek, isroillik garovga olinganlarni ozod qilish 13 oktyabr kuni bo‘lib o‘tishi va u ishtirok etishi mumkinligini aniqlashtirdi.
Foto: REUTERS
AQSh prezidenti Donald Tramp Yaqin Sharqqa safari doirasida Isroil parlamentida (Knesset) nutq so‘zlaydi va Misrga tashrif buyuradi. «Men Isroilga ketyapman. O‘ylaymanki, tez orada Knessetda chiqish qilaman. Keyin esa Misrga yo‘l olaman», — dedi Tramp 10 oktyabr, juma kuni Oq uyda. U tashriflarning sanalariga aniqlik kiritmadi. Safar 12 oktyabr kuni boshlanishi, dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 14 oktyabr oqshomiga AQShga qaytish rejalashtirilgan.
Bir kun avval Knesset spikeri Amir Ohana Amerika prezidentiga Isroil parlamentida chiqish qilish uchun rasmiy taklif yuborgan edi. «Isroil tinchlik prezidentini kutmoqda», deb yozgan Ohana X ijtimoiy platformasida. U Trampni «yahudiy xalqining zamonaviy tarixdagi eng buyuk do‘sti va ittifoqchisi» deb atagan.
Isroil va Falastinning HAMAS guruhi o‘rtasidagi o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi 10 oktyabr kuni soat 12:00 da kuchga kirdi. Donald Tramp tomonidan ishlab chiqilgan va har ikki tomon qo‘llab-quvvatlagan G‘azo rejasining birinchi bosqichida falastinlik mahbuslar evaziga qolgan isroillik garovga olinganlarni ozod qilish ko‘zda tutilgan.
Barcha garovga olinganlarni ozod qilish evaziga Isroil umrbod qamoq jazosini o‘tayotgan taxminan 250 nafar falastinlikni va 2023 yil 7 oktyabrda Isroil va HAMAS o‘rtasidagi urush boshlanganidan beri hibsga olingan taxminan 1700 nafar boshqa mahbusni ozod qiladi. Shartnoma shuningdek, Isroil mudofaa kuchlari (TSAHAL) qo‘shinlarini G‘azo sektoridagi kelishilgan chiziqqa olib chiqishni ham nazarda tutadi.
«Bu Isroil uchun juda katta ish, ammo bu hamma uchun — arablar uchun, musulmonlar uchun, hamma uchun, butun dunyo uchun ajoyib ish», — dedi Tramp. «Hamma bu kelishuv amalga oshishini xohlaydi», deb ta’kidladi u.
Boshqa narsalar qatorida G‘azo sektoriga yangi gumanitar yordam yetkazilishini ko‘zda tutuvchi sulh allaqachon kuchga kirgan. Biroq, barqaror tinchlikka erishishga qaratilgan keyingi qadamlar hali yakunlangani yo‘q.
Mavzuga oid
17:48
Isroil politsiyasi BMT tashkilotining Sharqiy Quddusdagi binosiga bostirib kirdi
14:07
Donetskda AQSh fuqarosining o‘ldirilishi ishi bo‘yicha sud hukmi chiqarildi
09:53
Politico: AQSh Ukraina Rossiyaga butun Donbassni berishini xohlamoqda
08:05