O‘zbekiston | 20:08 / 11.10.2025
24343
2 daqiqa o‘qiladi

Dubay shahzodasi an’anaviy lochin ovi uchun O‘zbekistonga keldi

Shahzoda Hamdan har yili Navoiyda lochin bilan tuvaloqlarni ovlaydi.

Arxiv foto

Dubay shahzodasi Shayx Hamdan bin Muhammad Ol Maktum lochin bilan ov uyushtirish maqsadida O‘zbekistonga keldi. Uning Boeing 747 samolyoti 11 oktyabr kuni Toshkent xalqaro aeroportiga qo‘ndi.

Shahzoda Hamdan Instagram sahifasida Navoiydagi lochin ovi fotosuratlarini e’lon qildi.   

Navoiy shahridan 50 kilometr uzoqlikda Birlashgan Arab Amirliklariga qarashli tuvaloq yetishtirish maskani bor. Markaz Birlashgan Arab Amirliklari vitse-prezidenti, Dubay amiri Shayx Muhammad bin Rashid Ol Maktum tashabbusi bilan 2008 yil aprel oyida tashkil etilgan. Shahzoda Hamdan lochinlar bilan shu hududda har yili tuvaloq ovlaydi.

Ma’lumot uchun, Hamdan ibn Muhammad Ol Maktum – Dubay amiri Muhammad ibn Roshid Ol Maktumning o‘g‘li, Dubay amirligining merosxo‘r shahzodasi, 1982 yilda tug‘ilgan. U juda faol hayot kechirishi bilan mashhur. Uning qiziqishlari doirasi kengligi hammani hayratga soladi. Shahzoda parashyutdan sakrash, suv ostiga sho‘ng‘ish, baliq ovi, lochin ovi, snoubording, velosport va sportning ko‘plab boshqa turlariga qiziqadi. «Fazza» taxallusi bilan she’rlar ham yozadi.

Mavzuga oid