Iqtisodiyot | 11:11 / 11.10.2025
5171
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston meva-sabzavotlar eksportidan 4 mlrd dollar ishlab topmoqchi

“Issiqxona xo‘jaliklari faoliyati samaradorligini oshirish va eksport hajmini ko‘paytirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi prezident farmoni qabul qilindi. 

Foto: Kun.uz

Farmonga ko‘ra, 2025–2027 yillarda meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksporti hajmini oshirish, issiqxona xo‘jaliklari faoliyatini yanada rivojlantirish hamda qo‘shilgan qiymat zanjirini yaratishning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari belgilandi.

Unga ko‘ra, meva-sabzavot va oziq-ovqat mahsulotlari eksporti hajmini 2026 yilda – 3,5 milliard AQSh dollari, 2027 yilda 4 milliard AQSh dollariga yetkazish rejalashtirilgan.

Issiqxona xo‘jaliklarini tabiiy gaz bilan kafolatli ta’minlagan holda meva-sabzavot mahsulotlari yetishtirish hajmini 2026 yilda – 620 ming tonnaga, 2027 yilda 670 ming tonnaga yetkazish, ushbu mahsulotlarning eksporti hajmini 30 foizdan 70 foizga oshirish ko‘zda tutilmoqda.

2026 yilda qo‘shimcha aniqlangan 20 ming gektar, 2027 yilda 15 ming gektar dala chetiga mevali ko‘chat va sabzavotlar ekish tashkil etiladi.

Mavzuga oid