Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Chernogoriya o‘zbekistonliklar uchun vaqtinchalik vizasiz rejimni bekor qildi
Bu qaror milliy viza siyosatini Yevropa Ittifoqi talablariga muvofiqlashtirish doirasida qabul qilingan.
Foto: vdio
Chernogoriya hukumati Armaniston, O‘zbekiston va Misr fuqarolarini vizadan vaqtincha ozod etish to‘g‘risidagi avvalgi qarorlarini to‘xtatib qo‘ydi. Bu haqdagi qaror 2025 yil 9 oktyabr kuni Chernogoriya Vazirlar Mahkamasining bosh vazir Milojko Spayich raisligida bo‘lib o‘tgan 98-sessiyasida qabul qilingan.
«Vazirlar Mahkamasi Armaniston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi va Misr Arab Respublikasi fuqarolarini viza olishdan vaqtincha ozod etish to‘g‘risidagi qarorlarga o‘zgartirishlar kiritish haqida qarorlar qabul qildi. 2024-2027 yillardagi Islohotlar kun tartibi va Yevropa Ittifoqiga qo‘shilishning yakuniy mezonlari doirasidagi majburiyatlarga muvofiq, 24-bobda Chernogoriya Yevropa Ittifoqining viza siyosati bilan uyg‘unlashishda davom etmoqda. Shunga ko‘ra, bugungi tuzatishlar yuqorida tilga olingan mamlakatlar fuqarolari uchun vizalardan vaqtincha ozod qilish to‘g‘risidagi avvalgi qarorlarning amal qilishini to‘xtatadi va shu bilan Chernogoriyaning Yevropa Ittifoqiga to‘liq a’zo bo‘lishga qat’iy sodiqligi haqida aniq signal beradi», deyiladi hukumat saytidagi xabarda.
Vazirlar Mahkamasi viza rejimi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi nizomni qabul qilgan.
Endi O‘zbekiston fuqarolari Chernogoriyaga kirish uchun viza rasmiylashtirishi talab etiladi. Ushbu tartib 2025 yil 29 oktyabrdan kuchga kiradi.
Eslatib o‘tamiz, Chernogoriyada 2023 yilning iyun oyidan boshlab O‘zbekiston fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qilingan va ikki mamlakat o‘rtasida doimiy to‘g‘ridan to‘g‘ri aviareyslar qatnovi yo‘lga qo‘yilgandi.
O‘z navbatida, O‘zbekiston 2019 yilning fevralida Chernogoriya fuqarolari uchun vizasiz rejim joriy qilgan. Ular mamlakatda 30 kun davomida vizasiz qolishi mumkin.
Mavzuga oid
12:42 / 29.08.2025
Fiji O‘zbekiston bilan viza rejimini soddalashtirishi mumkin
12:12 / 04.01.2025
Chernogoriya shov-shuvli qotillikdan so‘ng qurol haqidagi normalarni kuchaytiradi
10:38 / 02.01.2025
Chernogoriyadagi otishmada 12 kishi halok bo‘ldi
23:07 / 28.12.2024