Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fiji O‘zbekiston bilan viza rejimini soddalashtirishi mumkin
O‘zbekistonning Fijidagi elchisi (qarorgohi Tokio shahrida joylashgan) Muxsinxo‘ja Abdurahmonov Suva shahrida ushbu mamlakat rahbariyati bilan samarali muzokaralar o‘tkazdi.
Foto: Dunyo
Jumladan, Fiji bosh vaziri – tashqi ishlar vaziri Sitiveni Rabuka bilan kechgan uchrashuvda ikki mamlakat o‘rtasidagi sheriklikni barcha jabhada yangi bosqichga olib chiqish masalalari muhokama qilindi.
Bosh vazir – tashqi ishlar vaziri Sitiveni Rabuka O‘zbekistonning Fijidagi birinchi elchisi tayinlanishi ikki mamlakat o‘rtasidagi do‘stona hamkorlik aloqalarini yanada mustahkamlash hamda rivojlantirishga xizmat qilishi bildirdi.
U, shuningdek, ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy, savdo-iqtisodiy, ta’lim va turizm yo‘nalishlarida foydalanilmagan katta imkoniyatlar mavjudligini ta’kidlagan holda, Fiji ushbu yo‘nalishlarda hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirishdan manfaatdorligini bildirdi.
Muzokaralar davomida mamlakatdan to‘qimachilik mahsulotlari va quritilgan mevalarni ushbu davlatga eksport qilish, ikki mamlakat ishbilarmon doiralari o‘rtasida sheriklik munosabatlarini o‘rnatish, o‘zaro savdo-missiyalarini amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Fiji bosh vaziri – tashqi ishlar vaziri O‘zbekiston bilan BMT va boshqa xalqaro tashkilotlar doirasida tomonlarni qiziqtirgan masalalar, jumladan, global tinchlik, iqlim o‘zgarishi, barqaror rivojlanish yo‘nalishlari bo‘yicha hamkorlikni yanada mustahkamlashga tayyorligini ham tasdiqladi.
Shuningdek, uchrashuv davomida ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi hamkorlikni kengaytirish, jumladan muhim masalalar bo‘yicha maslahatlashuvlar o‘tkazish, viza rejimini soddalashtirish, o‘zaro tashriflarni amalga oshirish xususida fikr almashildi.
O‘zbekiston elchisi, shuningdek, Fiji bosh vazirning o‘rinbosari- turizm va fuqaro aviatsiyasi vaziri Viliame Rogoibulu Gavaoka bilan muzokaralar o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida turizm bozorini diversifikatsiya qilish, yangi turizm yo‘nalishlarini yaratish, turizm xizmatlari marketingi hamda barqaror turizm yo‘nalishlari bo‘yicha o‘zaro tajriba almashish, akademik almashinuvlarni amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi.
Mavzuga oid
16:51 / 14.10.2025
Chernogoriya o‘zbekistonliklar uchun vaqtinchalik vizasiz rejimni bekor qildi
07:54 / 12.08.2025
O‘zbekistonning Fijidagi birinchi elchisi tayinlandi
10:02 / 14.08.2022
O‘zbekistonliklar uchun Koreyaga borishda viza rejimi bekor bo‘lishi haqidagi xabarlar rad etildi
19:27 / 22.10.2021