Sport | 12:21 / 14.10.2025
15002
12 daqiqa o‘qiladi

Kosovoda sensatsiya, Fransiya ochko yo‘qotdi, Uelsda kalamush o‘yinni to‘xtatib qo‘ydi

Qozog‘iston safarda ochko olishga erishdi, ammo mundial yo‘llanmasidan butunlay umid uzdi. JCh-2026 saralashi doirasida Yevropada dushanba oqshomida o‘tkazilgan o‘yinlar va guruhlardagi vaziyat.

D guruhi

Yulduzlarsiz hujum chizig‘i

Ukraina – Ozarboyjon 2:1
Gollar:
Gutsulyak, 30 (1:0). Mikolenko, 45+3 –avtogol (1:1). Malinovskiy, 64 (2:1)
Ukraina: Trubin, Zabarniy, Matviyenko, Mikolenko, Konoplya (Mixaylichenko, 46), Malinovskiy (Shaparenko, 71), Ocheretko (Bondarenko, 71), Yarmolyuk (Bondar, 84), Voloshin, Gutsulyak (Kalyujniy, 84), Dovbik
Ozarboyjon: Magomedaliyev, Mustafozoda, Krivotsyuk, Badalov, Jafarguliyev, Guseynov (Aliyev, 85), Mahmudov, Haybulayev (Hachayev, 90), Nuriyev (Gurbanli, 61), Bayramov (Ahmadzoda, 84), Oxundzoda (Emreli, 85)
Ogohlantirishlar: Malinovskiy, 45. Mixaylichenko, 50. Bondarenko, 90 – Magomedaliyev, 45

Ozarboyjonliklar bu o‘yinga saralash turniri boshidan buyon birorta g‘alabasiz tashrif buyurgandi va katta ehtimol bilan oxirgi turgacha bu o‘zgarmay qoladi. Ukrainlar Polshadagi o‘yinda ishonchli g‘alabaga erishdi: Gutsulyak, Malinovskiy va Mikolenko gol urishdi. To‘g‘ri, ularning uchinchisi o‘z jamoasi darvozasini ishg‘ol etib qo‘ydi: u raqibning qanotdan uzatmasini to‘sishga uringanida muvaffaqiyatsiz harakat qildi. Nominal mezbonlar o‘yinning qolgan vaqtida total ustunlikka erishishdi.

Islandiya – Fransiya 2:2
Gollar:
Palsson, 39 (1:0). Nkunku, 63 (1:1). Mateta, 68 (1:2). Hlinsson, 70 (2:2)
Islandiya: Oulafsson, Gretarsson, Ingason, Tomasson (Torsteynsson, 62), Palsson, Yohannesson (Tourdarson, 85), Haraldsson, Ellersson, Magnusson (Vidlyumsson, 45+2), Gudmundsson (Anderson, 85), Gudyonsen (Hlinsson, 46)
Fransiya: Menyan, Upamekano, Saliba, Din, Kunde, Kamavinga (Tyuram, 75), Kone, Toven (Akliush, 64), Nkunku (Koman, 74), Olise, Mateta (Ekitike, 89)
Ogohlantirishlar: Tomasson, 60 – Kamavinga, 56

Odatda Desham va «rotatsiya» so‘zlari bir-biriga teskari, ammo islandlar bilan o‘yinda fransuzlar jamoasi bosh murabbiyi istisno qilishga majbur edi. Dembele, Due, Barkolya, Markus Tyuram ortidan Mbappe ham jarohatlandi. Natijada muhim safar o‘yinida boshlang‘ich tarkibda hujum uchligi Toven, Mateta va Nkunkudan iborat bo‘ldi, o‘yin davomida Akliush ham maydonda paydo bo‘ldi. Va bu yigitlar hadeganda mezbonlarni dog‘da qoldira olmasdi: darvozabon Rabn Olafsson beshta seyv amalga oshirdi, Menyan esa darvoza sohasiga to‘g‘ri borgan ikkita zarbani ham o‘tkazib yubordi.

Mezbonlarning gollari orasida Nkunku va Mateta baribir o‘z maqsadiga erishdi, ammo hisob tenglashganidan keyin boshqa o‘zgarmadi. Natijada fransuzlar muddatidan oldin yo‘llanmani hal qila olmadi, shu bilan birga, guruhda qiziq intriga yuzaga keldi, birinchi navbatda – ikkinchi o‘rin uchun kurashda. Ukraina hozirda Islandiyani uch ochkolik farq bilan ortda qoldirmoqda, lekin ukrainlar keyingi turda Fransiya bilan, Islandii esa Ozarboyjon bilan o‘ynaydi, oxirgi turda esa o‘zaro o‘yin bo‘lib o‘tadi (katta ehtimol bilan, o‘sha o‘yinda g‘olib chiqqan jamoa o‘tish bosqichiga yo‘l oladi).

13 noyabr. Ozarboyjon – Islandiya, Fransiya – Ukraina.
16 noyabr. Ozarboyjon – Fransiya, Ukraina – Islandiya

A guruhi

Voltemadening birinchi goli

Shimoliy Irlandiya – Germaniya 0:1
Gol:
Voltemade, 31 (0:1)
Shimoliy Irlandiya: Pikok-Farrell, Makneyr (Marshall, 75), Hyum, Ballard, Gelbreyt, Makkann (Smit, 75), Charlz, Devenni, Spenser, Prays, Rid (Magennis, 46)
Germaniya: Baumann, Ta, Shlotterbek, Raum, Kimmix, Pavlovich (Anton, 86), Goretska, Gnabri (Andrix, 86), Adeyyemi (Bayyer, 64), Virs (Baku, 90+2), Voltemade (Burkardt, 90+2)
Ogohlantirishlar: Rid, 28. Gelbreyt, 45. Magennis, 90. Charlz, 90 – Adeyyemi, 62. Andrix, 90

Belfastdagi o‘yin turning markaziy bahslaridan biriga va peshqadamlik masalasi hal qilingan o‘yinga aylandi. Mezbonlar nomdor raqibga jiddiy kurash taklif qilishdi va darvoza sohasiga to‘g‘ri borgan zarbalar soni bo‘yicha ustunlikka ham erishishdi. Ammo o‘yinning 31-daqiqasida Nik Voltemade yana o‘zini ko‘rsatib, bundestimdagi ilk golini urdi. Shundan keyin ham Germaniya ko‘proq himoyalandi va faqat qarshi hujumlarga tayanib o‘ynadi. Darvozadagi Baumann ham bir necha vaziyatda qutqardi. Yakunda minimal hisobdagi ustunlik va guruh jadvalidagi peshqadamlik saqlab qolindi.

Slovakiya – Lyuksemburg 2:0
Gollar:
Obert, 55 (1:0). Shrans, 72 (2:0)
Slovakiya: Dubravka, Obert, Shkrinyar, Gansko, Dember, Duda (Groshovski, 84), Rigo, Bero, Garaslin (Sauer, 83), Dyurish (Shrans, 70, Tupta, 74), Strelets (Bojyenik, 83)
Lyuksemburg: Mori, Korats, Maxmutovich (Selimovich, 85), Bonert, Yans, Martins, Barreyru, Dardari (S. Till, 80), Sinani, Muratovich (O. Till, 59), Olesen (Kurchi, 59)
Ogohlantirishlar: Duda, 30 – Muratovich, 43. Kurchi, 83. Selimovich, 86. Barreyru, 88

Lyuksemburg va Slovakiya o‘yini esa ikki tomondan ham kulgili xatolar bilan yodda qoldi. Ammo Dardari mezbonlarni jazolay olmadi, uning yakkama-yakka vaziyatga chiqib borib yo‘llagan zarbasi xato ketdi. Lyuksemburgliklar darvozaboni to‘pni raqibga sovg‘a qilganida esa Dudaning zarbasi ustunga tegdi. Lekin slovaklar yetakchisi ikkinchi bo‘limda aybini yuvdi. U burchak zarbasini ijro etaturib, kutilmaganda to‘pni jarima maydoniga yerlatib yetkazdi hamda Obertning hisobni ochuvchi goliga assistentlik qildi. Ikkinchi bo‘lim davomida Shrans yaqin burchakka kuchli zarba yo‘llab, o‘yin masalasini hal qildi. Lyuksemburgliklar munosib qarshilik ko‘rsatib, raqib darvozasiga yetti bor zarba berdi, ammo bu zarbalarga aniqlik yetishmadi. Endi Slovakiya xuddi Germaniya kabi 9 ochko to‘plab, faqat to‘plar nisbatiga ko‘ra ikkinchi o‘ringa joylashgan, ammo jamoaning qolgan ikki turdagi raqiblari qiyinroq – avvaliga uyda ikkinchi o‘rin uchun raqobatchi Shimoliy Irlandiyaga qarshi, oxirgi turda esa safarda favorit Germaniyaga qarshi o‘yinlar kutmoqda.

14 noyabr. Lyuksemburg – Germaniya, Slovakiya – Shimoliy Irlandiya.
17 noyabr. Shimoliy Irlandiya – Lyuksemburg, Germaniya – Slovakiya.

J guruhi

Qozog‘istonda imkon qolmadi

Uels – Belgiya 2:4
Gollar:
Rodon, 8 (1:0). De Bryuyne, 18 – penalti (1:1). Mene, 24 (1:2). De Bryuyne, 76 – penalti (1:3). Brodhed, 89 (2:3). Trossar, 90 (2:4)
Uels: Darlou, Devis (Brodxed, 71), Rodon, Kabango, Uilyams, Tomas, Ampadu, Djyeyms (Dasilva, 86), Bruks (Djonson, 58), Uilson, Xarris (Mur, 86)
Belgiya: Kurtua, Debast, Teat (Mexele, 81), De Keyper (Kastan, 60), Mene, Raskin, Onana (Vanaken, 70), De Bryuyne (Vitsel, 81), De Ketelare (Fofana, 81), Doku, Trossar
Ogohlantirishlar: Uilson, 13. Devis, 51 – Mene, 64

O‘tgan turda makedonlarni yenga olmagan Belgiya vaziyatini og‘irlashtirgandi va guruhdagi boshqa bir raqobatchisi Uels bilan o‘yindan oldin ikkinchi o‘ringa tushib qolgandi. Britanlar esa darhol oldinga tashlandi va 8-daqiqadayoq burchak zarbasi amalga oshirilganida jarima maydoni ichida yolg‘iz qoldirilgan Rodon hisobni ochdi. Ammo «qizil iblislar» tezda vaziyatni o‘ngladi va 24-daqiqaga kelib hisob 1:2 ko‘rinishini oldi. Avvaliga De Bryuyne to‘p Ampaduning qo‘liga tekkani uchun belgilangan penaltini aniq ijro etdi, olti daqiqa o‘tib uyushtirilgan ajoyib kombinatsiyadan keyin mehmonlar hisobda oldinga chiqib olishdi. Trossar maydonning ikkinchi qismidan turib diagonal pas bilan Dokuni oldinga boshladi, u esa yaqin «to‘qqizlik»ni o‘qqa tutgan Meneni golli pas bilan ta’minladi. Mehmonlar dastlabki 45 daqiqalikdagi barcha vaziyatlaridan foydalana olganida, Kardiffdagi o‘yinda yirik hisob yuzaga kelgan bo‘lardi.

Ikkinchi bo‘limda maydonga chiqib kelgan kalamush ham mezbonlarga yordam bera olmadi.

Kemiruvchi butun maydon bo‘ylab harakatlandi va u chiqarib tashlangunicha o‘yinda biroz to‘xtalish yuzaga keldi.

Kurtuaning reaksiyasi ham uni ushlab olish uchun yetarli bo‘lmadi.

Bu to‘xtalishdan keyin ham belgiyaliklar konsentratsiyani yo‘qotmadi. De Bryuyne yana bir bor 11-metrdan gol urdi va amalda o‘yin masalasini hal qildi. Mezbonlarning o‘yin oxirida intrigani jonlantirish uchun urgan goliga darhol Trossar yana bir gol bilan javob qaytardi va Belgiya yana birinchi o‘ringa chiqib oldi.

Shimoliy Makedoniya – Qozog‘iston 1:1
Gollar:
Karaman, 54 (0:1). Bardi, 74 (1:1)
Shimoliy Makedoniya: Dimitriyevski, Zaykov, Velkovski (Kostadinov, 46), Alioski, Stoychevski (Serafimov, 75), Iliyevski, Alimi (Traykovski, 75), Bardi, Elmas, Miovski (Churlinov, 46), Ristovski (Rastoder, 62)
Qozog‘iston: Seysen, Alip, Qosim, Vorogovskiy (Kasabulat, 85), Kairov, Kuat, Karaman (Xolmatov, 70), Zaynutdinov (Jagorov, 85), Kenjyebek (Shushenachev, 61), Chesnokov, Sviridov (Jumat, 61)
Ogohlantirishlar: Alimi, 45 – Zaynutdinov, 64. Kairov, 65. Kuat, 81. Jumat, 90. Seysen, 90

Shimoliy Makedoniya JCh yo‘llanmasi uchun jiddiy kurash olib bormoqda, Qozog‘iston esa navbatdagi marta murabbiy almashganidan keyin 2023 yilgidek kuchli o‘yin ko‘rsatmoqda. Ammo endi allaqachon kech: ularda ikkinchi o‘rin uchun ham imkoniyat qolmadi. Skopedagi o‘yinda qozog‘istonliklar yarimhimoyachisi Dinmuhammad Qahramon qaychi uslubida zarba berib, turning eng chiroyli gollaridan birini urdi.

Ammo bu g‘alaba bilan qaytish uchun yetarli bo‘lmadi va Bardi o‘yin so‘ngida jarima zarbasidan yana bir chiroyli gol urib, hisobni tenglashtirdi Makedonlar hamon birinchi o‘rin uchun poygada qolmoqda, ikkinchi o‘rin uchun nazariy jihatdan ham imkoniyatlarini yo‘qotgan Qozog‘iston esa keyingi turda faqat muxlislar uchun o‘ynaydi.

15 noyabr. Qozog‘iston – Belgiya, Lixtenshteyn – Uels.
18 noyabr. Belgiya – Lixtenshteyn, Uels – Shimoliy Makedoniya.

V guruhi

Shvedlarning dahshatli tushi

Shvetsiya – Kosovo 0:1
Gol:
Asllani, 32 (0:1)
Shvetsiya: Yoxansson, Xin, Lindelef, Lagerbilke, Bergvall (Saletros, 46), Svensson, Ayyari (Elanga, 46), Gudmundsson (Sema, 82), Bernxardsson (Bardji, 46), Isak, Dekeresh
Kosovo: Murich, Xayrizi, Xaydari, Gallapeni, Krasnichi, Xodja (Emerlaxu, 71), Avdullaxu, Musliya (Yashari, 66), Voyvoda, Asllani (Jyegrova, 71), Murichi (Rraxmani, 90)
Ogohlantirishlar: Xaydari, 40. Murich, 76

Shvetsiya maydonidagi hal qiluvchi o‘yinda mezbonlardagi inqiroz naqadar chuqur ekanini namoyish etib berdi. APLning kuchli jamoalarida o‘ynovchi Isak, Yoyekeresh, Bergvall va Elanga kabi yulduzlar «Sassuolo» posboni Murichga qarshi hech narsa qila olishmadi. O‘z navbatida, kosovoliklar birinchi imkoniyatidanoq unumli foydalandi. Mezbonlar jarima maydonida sherigidan pas qabul qilib olgan Asslani to‘pni to‘xtatmasdan bir teginishda burchakka aniq yo‘lladi. Tanaffus arafasida hisobdagi farq yanada oshishi mumkin edi, ammo bir hujumning o‘zida darvozabon va ustun ikki marta mezbonlarni goldan qutqarib qoldi. Ikkinchi bo‘limda vaziyatni o‘nglashga bo‘lgan urinishlar besamar ketdi. Endi Shvetsiyaga o‘tish bosqichiga chiqish uchun faqat mo‘jiza yordam berishi mumkin.

Sloveniya – Shveytsariya 0:0
Sloveniya: Oblak, Biyol, Drkushich, Yanja (Seshlar, 88), Brekalo, Elshnik, Gnezda Cherin, Xorvat (Vipotnik, 70), Karnichnik, Sheshko, Shturm (Stoyanovich, 57)
Shveytsariya: Kobel, Elvedi, Akandji, Rodriges (Bayrami, 77), Vidmer (Muxaym, 63), Jaka, Sou (Manzambi, 62), Froyler, Vargas (Rider, 77), Ndoy, Embolo
Ogohlantirish: Gnezda Cherin, 88

Bu turning eng zerikarli bahsiga aylandi va hisob ham shunga monand ko‘rinish oldi. Shveytsariya g‘alabali seriyasini davom ettirishi mumkin edi, ammo ijrochilarga omad yetishmadi. Mehmonlar asosan qisqa paslar orqali raqib jarima maydoniga kirib borishga urindi, ammo yaqqol vaziyatlar yuzaga kelmadi (FotMob portali bo‘yicha 0,78 xG qayd etildi). Natijada kosovoliklar ham birinchi o‘rin uchun raqobatchi bo‘lib qolmoqda.

15 noyabr. Sloveniya – Kosovo, Shveytsariya – Shvetsiya.
18 noyabr. Kosovo – Shveytsariya, Shvetsiya – Sloveniya.

Mavzuga oid