Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
SpaceX Starship'ning 11-sinovini muvaffaqiyatli yakunladi
Starship kosmik kemasi Hind okeanida, Super Heavy kuchaytirgichi esa Meksika ko‘rfaziga qo‘ndi. Starlink sun’iy yo‘ldoshining bir qator maketlari orbitaga chiqarildi. Oy va Marsga missiyalar rejalashtirilgan.
Amerikaning SpaceX kompaniyasi Hind okeaniga qo‘ngan tarixdagi eng katta Starship kosmik kemasi prototipi bo‘lgan raketa tashuvchining 11-sinovini muvaffaqiyatli yakunladi. Bu haqda korporatsiya 13 oktyabr, dushanba kuni X ijtimoiy platformasida ma’lum qildi.
«Suvga qo‘nish tasdiqlandi! Starship'ning o‘n birinchi sinov parvozini muvaffaqiyatli yakunlagani bilan butun SpaceX jamoasini tabriklaymiz!» - deyiladi postda.
Bu kompaniya Oy va Marsga missiyalar uchun qo‘shimcha funksiyalar bilan sinovdan o‘tkazishni boshlashdan oldingi oxirgi parvoz edi.
Kema prototipi mahalliy vaqt bilan soat 18:24 (Toshkent vaqti bilan 4:24)da Texasdagi Starbase uchirish maydonidan ko‘tarildi. Starship'ni koinotga uchirgach, Super Heavy kuchaytirgichi havoga ko‘tarilganidan taxminan 10 daqiqa o‘tib Meksika ko‘rfaziga qaytib keldi. Yuqori pog‘ona Hind okeaniga tushib, avvalroq Starlink sun’iy yo‘ldoshining bir qator maketlarini orbitaga olib chiqqan.