Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Agar Hamas qurollarini topshirmasa, biz undan mahrum qilamiz» – Tramp
AQSh prezidenti Donald Tramp Hamasning sulhdan keyingi qurolsizlanish jarayoni «ma’lum muddat ichida» amalga oshishini bildirdi. Shuningdek, Tramp «Hamas sektorda tinchlikni saqlash uchun bir qancha jinoyatchilarni o‘ldirgani va bu muammo emasligi»ni aytdi.
Foto: CNN
AQSh prezidenti Donald Tramp 14 oktyabr kuni jurnalistlar bilan uchrashuvda G‘azodagi urushni tugatishga qaratilgan tinchlik bitimi imzolangach, Hamas qurollarini topshirishga majbur bo‘lishini ma’lum qildi.
«Agar ular qurollarini topshirmasa, biz ularni quroldan mahrum qilamiz — bu tez va ehtimol zo‘ravon tarzda amalga oshadi. Lekin ular qurollarini topshiradi, tushundingizmi?» deya Trampning so‘zlarini keltirmoqda The Gurdian.
Shuning u bu jarayon «oqilona muddat ichida» bo‘lishi kerakligini ta’kidladi.
Bu hafta G‘azoda Tramp vositachiligida o‘rnatilgan o‘t ochishni to‘xtatish kuchga kirdi. Shu bilan birga, eng katta savollardan biri – Hamasni qurolsizlantirish va G‘azoni tark etishiga doir aniq rejaning yo‘qligi bo‘lib turibdi.
Trampning avvalgi bayonotlari guruhning G‘azoda cheklangan rol o‘ynashda davom etishi mumkinligidan darak bergan edi. Xususan, hafta boshidagi G‘azodagi almashinuvlar vaqtida Hamas askarlari sektorda xavfsizlikni ta’minlashni boshladi. Trampning o‘zi ham guruh qisqa muddatda «tartibni saqlashda cheklangan rol» o‘ynashini tan olgandi. Uning aytishicha, G‘azoni qayta tiklash xavfli va murakkab bo‘ladi, shu bois AQSh bu jarayonda joylardagi kuchlar bilan hamkorlik qilishi zarur.
Seshanba kuni tarqalgan videoda guruh a’zolari ko‘zlari bog‘langan, qo‘llari orqadan bog‘langan sakkiz nafar erkakni «Isroilga sotqinligi va jinoyatlari» uchun sifatida otib tashlagani aks etgan. Hamas manbalari Reutersʼga bergan izohida «endi G‘azoda tartibni buzuvchilarga — xoinlar, qurolli talonchilar va giyohvand savdogarlariga toqat qilinmasligi»ni aytdi.
.@POTUS on Hamas: "They will disarm. And if they don't disarm, we will disarm them — and it'll happen quickly and, perhaps, violently, but they WILL disarm." pic.twitter.com/69wOMao2oX
— Rapid Response 47 (@RapidResponse47) October 14, 2025
Donald Tramp Hamas jinoiy to‘dalarga qarshi kurash olib borgani haqidagi iddaolarga ham to‘xtalib o‘tdi.
«Dastlab ular bir nechta juda yomon to‘dalarni yo‘q qilishlari kerak edi. Ular buni qildi – ko‘p banditlarni o‘ldirdi. Rostini aytsam, bu meni uncha tashvishlantirmaydi. Bu muammo emas», - dedi AQSh prezidenti.
AQSh–Hamas muzokaralari
Shu orada Oq uy elchilari bilan Hamas muzokarachilari o‘rtasida tarixdagi eng yuqori darajadagi bevosita uchrashuv bo‘lib o‘tganini ko‘rsatuvchi ma’lumotlar paydo bo‘ldi.
Bu izohlar o‘tgan hafta AQShning Yaqin Sharq bo‘yicha maxsus vakili Stiv Uitkoff va Trampning kuyovi Jared Kushnerning yuqori martabali Hamas yetakchilari bilan uchrashuvidan so‘ng yangradi. Kushner Hamas bitimni imzolasa, Tramp Isroilni urushni qayta boshlashdan tiyishini shaxsan kafolatlagan.
Bu uchrashuv Oq uy bilan Hamas o‘rtasidagi birinchi to‘g‘ridan to‘g‘ri muloqot bo‘lgan. Avvalroq, mart oyida AQShning garovdagilar bo‘yicha elchisi Adam Boyehler guruh rahbarlari bilan Dohada uchrashgandi.
Axios manbasiga ko‘ra, o‘tgan haftadagi 45 daqiqalik uchrashuvda Stiv Uitkoff Hamas bosh muzokarachisi Xalil al-Hayya va boshqa vakillariga:
«Garovdagilar siz uchun aktiv emas, balki yuk. Endi garov almashinuvini amalga oshirish vaqti keldi. Prezident Trampning pozitsiyasi shuki, sizga adolatli munosabatda bo‘linadi. U o‘zining 20 banddan iborat tinchlik rejasini to‘liq qo‘llab-quvvatlaydi va ularning barchasi amalga oshirilishiga shaxsan kafolat beradi», - degan Uitkoff.
Axiosʼning yozishicha, bu bevosita uchrashuv bitimni imzolashda hal qiluvchi rol o‘ynagan. Misr, Turkiya va Qatar razvedka rahbarlari Hamas bilan alohida muloqot o‘tkazib, so‘ngra Uitkoff va Kushnerga «Biz hozirgina ular bilan uchrashdik — bitim tayyor», degan.
Mavzuga oid
14:35
AQSh «Lukoyl»ga joriy etilgan ayrim sanksiyalarni vaqtincha bekor qildi
09:40
NYT OAV uchun joriy etilgan cheklovlar sabab Pentagonni sudga berdi
09:00
NATO Shimoliy Yevropa mudofaasi bo‘yicha shtabni AQShga ko‘chiradi
08:40