Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Fransiya bosh vaziri pensiya islohoti kechiktirilishini e’lon qildi
Fransiya bosh vaziri etib tayinlangan Sebasten Lekornyu pensiya yoshini 64 yoshga oshirish 2028 yilning yanvarigacha qoldirilishini ma’lum qildi. Bu harakat orqali Lekornyu parlamentga ishonchsizlik votumidan qochishga umid qilmoqda.
Sebasten Lekornyu Foto: Arnaud Journois/Le Parisien/MAXPPP
Fransiya bosh vaziri Sebasten Lekornyu pensiya yoshini 62 yoshdan 64 yoshga ko‘tarishni nazarda tutuvchi islohot to‘xtatilganini e’lon qildi, u mamlakatda keskin tanqidlarga sabab bo‘lgandi. 14 oktyabr, seshanba kuni Milliy majlis (Fransiya parlamentining quyi palatasi) a’zolari oldida chiqish qilgan Lekornyu ushbu islohotni 2028 yil yanvarigacha, ya’ni navbatdagi prezidentlik saylovlariga qoldirishni taklif qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, pensiya islohotini muzlatish budjetga «2026 yilda 400 million yevro va 2027 yilda 1,8 milliard» zarar keltiradi. «Ushbu to‘xtatib turish oxir-oqibatda 3,5 million fransuz aholisiga foyda keltiradi. Shuning uchun uni moliyaviy jihatdan, jumladan, tejamkorlik choralari orqali qoplash kerak bo‘ladi», — deya Fransiya bosh vazirining so‘zlarini keltiradi Reuters. Shuningdek, u mamlakatda pensiya islohoti bo‘yicha muhokamalarni davom ettirishni taklif qildi.
RFI radiostansiyasining xabar berishicha, Sebasten Lekornyu, shuningdek, qonun loyihalarini parlamentda muhokamasiz yoki ovoz berishsiz qabul qilish imkonini beruvchi konstitutsiyaning 49.3-moddasidan voz kechish niyatini bildirdi. Shu bilan birga, bosh vazir bunga erishish uchun hukumat ishonch votumini o‘tkazishi kerakligini ta’kidladi va parlament a’zolarini «farqlarga qaramay, umumiy yo‘l topishga» chaqirdi.
Mavzuga oid
13:37 / 27.11.2025
Fransiya sudi Nikolya Sarkoziga chiqarilgan ikkinchi hukmni tasdiqladi
17:58 / 26.11.2025
O‘zbek-fransuz universiteti tashkil etiladi
11:15 / 26.11.2025
Fransiyada Rossiya foydasiga josuslikda gumon qilingan uch kishi qo‘lga olindi
08:23 / 15.11.2025