Fransiya boş vaziri Sebasten Lekornyu pensiya yoşini 62 yoşdan 64 yoşga kötarişni nazarda tutuvçi islohot töxtatilganini e’lon qildi, u mamlakatda keskin tanqidlarga sabab bölgandi. 14 oktyabr, seşanba kuni Milliy majlis (Fransiya parlamentining quyi palatasi) a’zolari oldida çiqiş qilgan Lekornyu uşbu islohotni 2028 yil yanvarigaça, ya’ni navbatdagi prezidentlik saylovlariga qoldirişni taklif qildi.
Uning sözlariga köra, pensiya islohotini muzlatiş budjetga «2026 yilda 400 million yevro va 2027 yilda 1,8 milliard» zarar keltiradi. «Uşbu töxtatib turiş oxir-oqibatda 3,5 million fransuz aholisiga foyda keltiradi. Şuning uçun uni moliyaviy jihatdan, jumladan, tejamkorlik çoralari orqali qoplaş kerak böladi», — deya Fransiya boş vazirining sözlarini keltiradi Reuters. Şuningdek, u mamlakatda pensiya islohoti böyiça muhokamalarni davom ettirişni taklif qildi.
RFI radiostansiyasining xabar berişiça, Sebasten Lekornyu, şuningdek, qonun loyihalarini parlamentda muhokamasiz yoki ovoz berişsiz qabul qiliş imkonini beruvçi konstitutsiyaning 49.3-moddasidan voz keçiş niyatini bildirdi. Şu bilan birga, boş vazir bunga erişiş uçun hukumat işonç votumini ötkazişi kerakligini ta’kidladi va parlament a’zolarini «farqlarga qaramay, umumiy yöl topişga» çaqirdi.











