O‘zbekiston | 16:53 / 15.10.2025
2492
1 daqiqa o‘qiladi

Saida Mirziyoyeva Britaniyada O‘zbekistondagi imkoniyatlar haqida nutq so‘zladi

Prezident administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Buyuk Britaniyaga tashrifi doirasida “Yangi O‘zbekiston – ulkan imkoniyatlarga ega katta mamlakat” mavzusidagi davra suhbatida ishtirok etdi.

Foto: Telegram/Saida Mirziyoyeva

“O‘zbekiston Buyuk Britaniya biznesi uchun ham jozibador makonga aylandi – bugungi kunda yurtimizda ushbu mamlakatning 270 dan ortiq kompaniyasi muvaffaqiyatli faoliyat yuritmoqda.

Britaniyalik hamkorlarning qiziqishi ortib borayotganidan mamnunman va ularning iqtisodiyotimizdagi ishtiroki tobora kengayib borishiga ishonaman”, – deya yozdi Mirziyoyeva Telegram-kanalida.

Administratsiya rahbari tashrif davomida YeTTB prezidenti Odil Reno-Basso hamda baronessa Ariyel Mallard de Rotshild bilan ham uchrashuvlar o‘tkazdi.

Комрон Чегабоев
Tayyorlagan Комрон Чегабоев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid