Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Suriya rahbari Moskvada Putin bilan uchrashadi
Suriya muvaqqat prezidenti Ahmad al-Shar’a 15 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Moskvaga keladi. Bu Bashar Asad o‘z rejimi ag‘darilganidan keyin Rossiyaga qochib ketganidan keyin birinchi shunday tashrifdir.
Suriya muvaqqat prezidenti Ahmad al-Shar’a 15 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Moskvaga keladi va bu safar Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashadi. Bu haqda 14 oktyabr, seshanba kuni Suriyaning SANA davlat axborot agentligi xabar berdi.
Bu Suriyaning sobiq prezidenti Bashar Asad o‘z rejimi ag‘darilganidan keyin Rossiyaga qochib ketganidan keyin al-Shar’aning Rossiyaga ilk tashrifi bo‘ladi. Suriya va rossiyalik siyosatchilar mintaqaviy va xalqaro masalalarni, shuningdek, Damashq va Moskva o‘rtasidagi hamkorlik yo‘llarini muhokama qiladi, deya aniqlik kiritdi agentlik.
Al-Shar’a 15 oktyabr kuni Moskvada bo‘lib o‘tishi kerak bo‘lgan Rossiya-Arab sammitida ishtirok etishni rejalashtirgan edi. AQSh prezidenti Donald Trampning G‘azo bo‘yicha rejasidagi o‘zgarishlar tufayli sammit qoldirildi. Shunga qaramay, al-Shar’a tashrifni bekor qilmaslikka qaror qildi.
Tashrif davomida u Rossiyadagi suriyalik diasporasi vakillari bilan ham uchrashishi kutilmoqda, deb xabar berdi dpa agentligi.
Mavzuga oid
10:02 / 13.06.2026
Ukraina armiyasida keng ko‘lamli islohotlar boshlandi
14:20 / 11.06.2026
Rossiyadan ketgan fuqarolarning mol-mulki xatlanishi mumkin
09:15 / 09.06.2026
Putin va Netanyahuga order bergan prokuror vaqtincha ishdan olindi
20:34 / 08.06.2026