Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda beshta davlat ishtirokida yirik harbiy o‘quv mashg‘uloti boshlandi
Markaziy harbiy okrug «Kattaqo‘rg‘on» poligonida O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston va Ozarboyjon mudofaa vazirliklarining bo‘linmalari ishtirokida yirik harbiy o‘quv mashg‘ulotiga start berildi.
Foto: Mudofaa vazirligi
14 oktyabr kuni O‘zbekiston Mudofaa vazirligining harbiy hamkorlik doirasidagi eng katta o‘quvlaridan biri – «Birlik – 2025» mintaqaviy birgalikdagi o‘quvining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ochilish marosimida ta’kidlanganidek, bir necha kunga mo‘ljallangan o‘quvning maqsadi – mamlakatlar o‘rtasidagi ishonchni mustahkamlash, harbiy hamkorlikni kuchaytirish, jahonda tobora kuchayib borayotgan geosiyosiy keskinlik va inqirozli holatlar, yuzaga kelayotgan yangi xavf-xatar va tahdidlar sharoitida zamonaviy chaqiriqlarga samarali qarshi turishda yaqin sherikchilik aloqalarini yanada kuchaytirishdir.

Xususan, «Birlik – 2025» mintaqaviy o‘quvida ishtirokchilar hozirgi zamon jangovar tajribadan kelib chiqqan holda jang olib borishning eng samarali uslub va usullarini qo‘llash, uzoq masofalardagi nishonlarni ishonchli yo‘q qila oladigan artilleriya, uchuvchisiz uchish apparatlari, zirhli texnika va boshqa qurollarning imkoniyatlaridan foydalanib, qo‘yilgan o‘quv-jangovar vazifani birgalikda bajaradi.


Shuningdek, o‘quv doirasida ishtirokchilar jang olib borish san’atining ilg‘or usul va uslublaridan foydalangan holda jangovar tayyorgarlik mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanishi, turli musobaqalarda ishtirok etishi, boqiy Samarqand shahriga sayohat qilib, boy tarixiy-ma’naviy meros, urf-odat va an’analar bilan yaqindan tanishishi ko‘zda tutilgan.
Samarqandda Markaziy Osiyo davlatlari va Ozarboyjon mudofaa vazirlarining birinchi uchrashuvi o‘tkazilishi ham shular jumlasidan.






Mavzuga oid
09:20
Chegaradan noqonuniy olib o‘tilgan 1,1 mlrd so‘mlik oltin qo‘lga olindi
19:30 / 04.12.2025
Qozog‘istonda 16 yoshga to‘lmaganlarga ijtimoiy tarmoqlarda akkaunt ochish taqiqlanishi mumkin
20:27 / 02.12.2025
Tojikiston afg‘on chegarasini qo‘riqlash uchun Rossiyadan harbiy yordam so‘radi
19:03 / 02.12.2025