Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekistonda nohaq bo‘shatilgan 13 ming xodim ishga tiklandi
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston kasaba uyushmalari faollari va faxriylari bilan uchrashuvi bo‘lib o‘tyapti. Davlat rahbari tadbirda nutq so‘zlab, soha vakillari bilan muloqot qilyapti.
Foto: Prezident matbuot xizmati
Davlat rahbari kasaba uyushmalarining korxona va tashkilotlarda mehnatga oid huquqlarni himoya qilishdagi jonbozligini alohida qayd etdi.
Keyingi yillarda 500 mingga yaqin xodimning qonuniy huquqlari himoya qilindi, ularning foydasiga 267 milliard so‘m undirib berildi.
Shuningdek, ishdagi baxtsiz hodisalar tufayli jabrlangan 1 ming nafar xodimga 35 milliard so‘m tovon puli to‘lab berilgan.
Bundan tashqari, nohaq bo‘shatilgan 13 ming xodim ishga tiklangan.
To‘rt yil oldin Mehnat va ijtimoiy munosabatlar akademiyasi tashkil etilgani kasaba uyushmalari faoliyatida yangi yo‘nalish bo‘ldi. Prezident oliygoh bitiruvchilari korxona va tashkilotlarda mehnat huquqlari himoyachisiga aylanib, bu sohada qonuniylikni mustahkamlashga munosib hissa qo‘shishiga ishonch bildirdi.
Mavzuga oid
20:21 / 27.11.2025
Ish samaradorligini pasaytiruvchi 5 omil
15:41 / 13.11.2025
Kulrang maosh: pullaringiz qay tarzda yo‘qolmoqda
10:18 / 03.11.2025
Qurilishdan turizmgacha: turk bozorida o‘zbekistonliklar uchun ish taklifi ko‘paymoqda
21:28 / 27.10.2025