Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston | 16:00 / 17.10.2025
2255
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonga tijorat maqsadida eng ko‘p qaysi davlat fuqarolari kelmoqda?
2025 yilning yanvar-avgust oylarida jami 287,7 ming nafar chet el fuqarolari tijorat maqsadida O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Foto: AP
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 190,3 ming nafarga yoki qariyb 3 barobarga oshgan.
Joriy yilning 8 oyida O‘zbekistonga tijorat maqsadida kelgan chet el fuqarolari mamlakatlar bo‘yicha quyidagicha:
- Afg‘oniston — 267 879 nafar;
- Tojikiston — 14 648 nafar;
- Turkmaniston — 2 235 nafar;
- Rossiya — 585 nafar;
- Turkiya — 392 nafar;
- Qozog‘iston — 373 nafar;
- boshqa davlatlar — 1 635 nafar.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lishMavzuga oid
20:21 / 24.05.2026
Chet elliklar O‘zbekistonda maxsus soliq rejimiga o‘tish uchun 50 ming dollar to‘laydi
16:36 / 14.11.2025
O‘zbekistonda tijorat tashkilotlarining qariyb 80 foizini MChJ tashkil etmoqda
09:41 / 15.07.2025
Xorijiy fuqarolarni texnikumlarga o‘qishga qabul qilish jarayoni soddalashtiriladi
12:28 / 01.05.2025