Hukumatning ayrim qarorlariga quyidagilarni nazarda tutuvçi özgartiriş va qöşimçalar kiritiladi:

  • kasbiy ta’lim taşkilotlariga çet el fuqarolari va xorijda yaşovçi fuqaroligi bölmagan şaxslarni öqişga qabul qiliş tartibini soddalaştiriş;
  • çet el fuqarolari va xorijda yaşovçi fuqaroligi bölmagan şaxslarning öqişini xorijiy kasbiy ta’lim taşkilotlaridan Özbekiston kasbiy ta’lim taşkilotlariga köçiriş;
  • kasbiy ta’lim taşkilotlarda tahsil olayotgan çet el fuqarolari va xorijda yaşovçi fuqaroligi bölmagan şaxslarning öqişini köçiriş.

Çet el fuqarolari va xorijda yaşovçi fuqaroligi bölmagan şaxslarning (xorijiy fuqarolar) öqişini xorijiy kasbiy ta’lim taşkilotlaridan Özbekistondagi kasbiy ta’lim taşkilotlariga köçiriş Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan amalga oşiriladi.

Özbekistondagi kasbiy ta’lim taşkilotlarida tahsil olayotgan çet el fuqarolari va xorijda yaşovçi fuqaroligi bölmagan şaxslarning öqişini köçiriş kasbiy ta’lim taşkilotlarida tahsil olayotgan öquvçilarni öqişini köçiriş tartibi asosida amalga oşiriladi.

Xorijiy ta’lim taşkilotlaridan öqişni köçirişni istagan xorijiy fuqarolar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga öqişni köçirişni istayotgan kasbiy ta’lim taşkilotini körsatgan holdagi ariza, pasport ma’lumotlari va öqigan ta’lim taşkilotidan berilgan ma’lumotnoma (baholar qaydnomasi)ni topşiradi.

Xorijiy fuqarolarning öqişini xorijiy kasbiy ta’lim muassasalaridan Özbekiston kasbiy ta’lim taşkilotlariga öqişni köçiriş böyiça arizalarni taqdim etiş har yili 15 iyuldan 15 avgustga qadar amalga oşiriladi.

Xorijiy davlat diplomatik vakolatxonalari, konsullik muassasalarining, xalqaro taşkilotlari xodimlari va xorijiy ekspertlarning farzandlari yoki ular tomonidan vasiylikka olingan voyaga yetmagan şaxslar öquv yili davomida Özbekiston kasbiy ta’lim taşkilotlariga öqişini köçiriş böyiça arizani Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga topşirişlari mumkin.

Öqişini köçiriş istagini bildirgan xorijiy fuqaro quyidagi hujjatlarni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligiga taqdim etadi:

  • ariza (arizada öqigan kasbiy ta’lim muassasasi va ta’lim yönalişi (mutaxassisligi), ta’lim şakli körsatiladi);
  • milliy pasport (amaldagi vizasi bilan) yoki tuğilganlik haqidagi guvohnoma;