Milliy statistika qömitasi ma’lumotlariga köra, 2025 yilning 1 noyabr holatiga Özbekistonda 399,8 mingta tijorat taşkilotlari faoliyat yuritmoqda.

Ularning 313 mingtasi mas’uliyati çeklangan jamiyatlar (MÇJ) bölib, bu umumiy korxonalar sonining 78,3 foizini taşkil etadi.

Taşkiliy-huquqiy şakli böyiça korxonalar soni quyidagiça taqsimlangan:

mas’uliyati çeklangan jamiyatlar – 313 043 ta (78,3 foiz);
xususiy korxonalar – 46 776 ta (11,7 foiz);
oilaviy korxonalar – 36 161 ta (9 foiz);
aksiyadorlik jamiyatlari – 632 ta (0,2 foiz);
boşqa şakldagi tijorat taşkilotlari – 3 199 ta (0,8 foiz).

Körsatkiçlardan körinib turibdiki, mamlakatdagi tijorat sub’yektlarining katta qismi MÇJ şaklida faoliyat yuritmoqda, xususiy va oilaviy korxonalar esa tadbirkorlik tuzilmalarida salohiyatli uluşga ega.