Tartib kurerlar va yetkazib beriş xizmati operatorlarining jismoniy va yuridik şaxslarga tadbirkorlik faoliyatini amalga oşiruvçi sub’yektlar va özini özi band qilgan şaxslar tomonidan sotuvçi sifatida tovar va mahsulotlarni elektron tijorat operatorlarining axborot tizimlari (elektron savdo platformalari, buyurtma agregatorlari) orqali rasmiylaştirilgan buyurtmalarini xaridorlarga yetkazib beriş faoliyatini tartibga soladi.
Yetkazib beriş xizmatiga buyurtma xaridor yoki sotuvçi tomonidan elektron tijorat operatorining axborot tizimi orqali yoki iştirokçilar örtasidagi şartnomada belgilangan boşqa usul orqali rasmiylaştiriladi. Yetkazib beriş xizmati şartlari va parametrlari (muddati, narxi, tölov usullari, yetkazib beriş hududi) buyurtma rasmiylaştirilayotgan paytda xaridorga ma’lum qilinişi şart.
Özini özi band qilgan şaxslar yetkazib beriş xizmatlarini sotuvçilar, yetkazib beriş xizmati operatorlari yoki töğridan töğri xaridorlar bilan tuzilgan fuqarolik-huquqiy şartnomalar asosida körsatiş huquqiga ega.
Özini özi band qilgan şaxs sifatida röyxatdan ötmagan jismoniy şaxslar yetkazib beriş faoliyatini iş beruvçi yoki xizmatlar buyurtmaçisi sifatida iştirok etuvçi sotuvçilar yoki yetkazib beriş xizmatlari operatorlari bilan tuzilgan mehnat şartnomalari yoki fuqarolik-huquqiy şartnomalar asosida amalga oşirişlari mumkin.
Yetkazib beriş xizmatlarini körsatuvçi ijroçilar, agar sotuvçi yoki elektron tijorat operatori bilan tuzilgan şartnomada nazarda tutilgan bölsa, xaridorlardan tovar va/yoki yetkazib beriş xizmati uçun tölovni (jumladan, naqd pul şaklida) qabul qiliş huquqiga egadirlar. Bunda Özbekiston qonunçiligi talablariga, jumladan, nazorat-kassa texnikasidan majburiy foydalaniş va çek (kvitansiya)ni elektron yoki qoğoz şaklda taqdim etiş talablariga rioya etilişi lozim.
Yetkazib beriş xizmatlarini körsatiş böyiça parametrlar, şartlar va talablar elektron tijorat iştirokçilari örtasidagi kelişuv asosida belgilanadi, biroq uşbu tartib va Özbekistonning amaldagi qonunçiligi talablariga zid bölmasligi şart.
Yetkazib beriş xizmatlarini körsatuvçi ijroçilar uşbu tartib, Özbekistonning amaldagi qonunçilik hujjatlari me’yorlari, texnik reglamentlar, sanitariya qoidalari va me’yorlarini, şuningdek, elektron tijoratning boşqa iştirokçilari bilan tuzilgan şartnomalar şartlarini bajarişga majbur.
Yetkazib beriş xizmatlarini körsatişda Özbekiston hududida xaridorlarga tovar realizatsiya qilayotgan tadbirkorlik sub’yektlari va/yoki yetkazib beriş xizmati operatorlari, amaldagi qonunçilik hamda tuzilgan şartnomalarga muvofiq belgilangan talablar doirasida xaridorlar va kurerlarning hayoti va soğliği xavfsizligini ta’minlaş böyiça çora-tadbirlarni köradi.

















