Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qozog‘istonda badavlat odamlarning mulki oshirilgan stavkada soliqqa tortiladi
2026 yil 1 yanvardan kuchga kiradigan Qozog‘istonning yangi Soliq kodeksida ayrim qimmatbaho tovarlar va mol-mulklarga oshirilgan soliq solinishi nazarda tutilgan.
Qozog‘istonda 450 mln tenge (taxminan 835 ming dollar) qiymatidagi ko‘chmas mulkka ega bo‘lgan shaxslardan soliqlar oshirilgan stavka bo‘yicha olinadi. Soliq kodeksiga kiritilgan tegishli o‘zgarishlar 2026 yil 1 yanvardan kuchga kiradi. Bu haqda Qozog‘iston Milliy iqtisodiyot vazirining birinchi o‘rinbosari Azamat Amrin tushuntirish berdi.
Amrinning so‘zlariga ko‘ra, tizim alohida kvartiralar yoki mashinalar sonini emas, balki mol-mulkning umumiy qiymatini hisobga oladi.
«30-60 ta xonadonga ega bo‘lgan mulkdorlar bor. Hozir mol-mulk solig‘i har bir obekt uchun alohida hisoblanyapti. Agar hammasining qiymatini qo‘shsak, yuz millionlar hosil bo‘ladi. Umumiy qiymat 450 million tengedan oshganda, oshirilgan stavka qo‘llanadi», deb tushuntirdi vazir o‘rinbosari.
Misol uchun, bir kishining har biri 10 million tengelik 80 ta kvartirasi bo‘lsa, ularning umumiy qiymati 800 million tenge bo‘ladi. Soliq stavkasi umumiy summaning 1 foizini, ya’ni 8 million tengeni tashkil etadi.
Amrin so‘zlariga ko‘ra, mashina, yaxta va samolyotlar uchun soliq boshqacha hisoblanadi.
«Agar transport vositasining narxi 75 million tengedan (140 ming dollar) oshsa, qo‘shimcha 10 foizlik aksiz solig‘i joriy etiladi. Qozog‘iston ichida xususiy shaxslar o‘rtasida sotilganda ham, agar avtomobil 75 milliondan qimmat bo‘lsa, xuddi shu stavka qo‘llanadi», dedi u.
Vazir o‘rinbosari so‘zlariga ko‘ra, qimmatbaho alkogol va sigaralar uchun oddiy aksiz solig‘iga narxning yana 10 foizi qo‘shiladi. Mo‘yna va qimmatbaho taqinchoqlarga hozircha soliq solinmaydi.
«Biz ro‘yxatga olish shart bo‘lgan narsalardan boshladik: kvartiralar, mashinalar, yaxtalar. Bularning qiymatini hisoblash oson. Zargarlik buyumlari va oltin - hozircha yo‘q, ularni nazorat qilish qiyin», deb tushuntirdi Amrin.
2026 yil 1 yanvardan kuchga kiradigan Qozog‘istonning yangi Soliq kodeksida alohida hashamat solig‘i kiritilmagan, biroq ayrim qimmatbaho tovarlar va mol-mulklarga oshirilgan soliq solinishi nazarda tutilgan.
Soliq yukini yanada adolatli taqsimlash uchun to‘g‘ridan-to‘g‘ri soliq o‘rniga hashamatli buyumlarga oshirilgan aksiz solig‘i tizimiga o‘tish taklif qilindi. Vazirlik vakillari bunday yondashuv soliq solish obektlarini aniq belgilash va insofli soliq to‘lovchilar uchun salbiy oqibatlarning oldini olish imkonini berishini tushuntirdi.
Hashamat solig‘ini joriy etish tashabbusi Qozog‘istonda oshirilgan aksiz solig‘ini joriy etish to‘g‘risida qaror qabul qilinishidan oldin bir necha yil davomida muhokama qilingan edi.
Mavzuga oid
00:26
Qozog‘iston-Rossiya chegarasida avtomobillardan iborat ko‘p kilometrli tirbandlik yuzaga keldi
17:49 / 02.06.2026
Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistonda Yevroittifoqning deportatsiya markazi tashkil qilinishini rad qildi
20:11 / 01.06.2026
Qozog‘istonda yangi «hokimiyat partiyasi» - «Adolat» rasman ro‘yxatga olindi
18:42 / 01.06.2026