Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda talaba qarovsiz qolgan yosh bolani qutqarib qoldi
Toshkent shahrining Yangihayot tumanida talaba yigit qarovsiz qolgan bolani qutqarib qoldi.
Ijtimoiy tarmoqlarda Yangihayot tumanida 4-qavat balkonidan tushib ketish xavfida bo‘lgan bola aks etgan videolar tarqaldi.
Toshkent shahar IIBB xabariga ko‘ra, bola 5-qavatda istiqomat qiladigan talab yigit tomonidan qutqarib qolingan.
Ma’lum qilinishicha, 5-qavatdagi talaba himoya vositalarisiz pastga tushib, bolaning hayotini saqlab qolgan.
Talaba yigitning so‘zlariga qaraganda, u 5-qavatdan 4-qavat balkoniga tushganida bir emas, uch nafar bola bo‘lganini ko‘rgan.
IIBB xabarida aytilishicha, mahalla profilaktika inspektori tomonidan bolalarning onasi bilan profilaktik suhbat o‘tkazildi.
Mavzuga oid
16:28
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026