Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Turkiyada qamoqda saqlangan o‘zbekistonlik ozod qilindi
Turkiyada qamoqda gumonlanuvchi sifatida saqlanayotgan o‘zbekistonlik ozod qilindi.
Bosh konsulxona ma’lum qilinishicha, 16 oktyabr kuni Istanbul shahrining Bakirko‘y tumanida joylashgan og‘ir jinoyatlar bo‘yicha 17-sud binosida asli Samarqand viloyatidan bo‘lgan 22 yoshli O‘zbekiston fuqarosining ishi yuzasidan navbatdagi (uchinchi) sud majlisi bo‘lib o‘tdi.
Sud jarayonida Bosh konsulxona diplomatlari ham ishtirok etdi. Mazkur ish doirasida fuqaroga nisbatan noqonuniy narkotik moddalarni olib kirish va ularning aylanmasi bilan bog‘liq ayblovlar ko‘rib chiqildi.
Tergov materiallariga ko‘ra, jami 6 nafar shaxs hamda qidiruvda bo‘lgan yana bir necha kishi Yevropa davlatlaridan Turkiya hududiga 30 kg kokain va 800 kg psixotrop moddalarni yuk avtomashinasi orqali olib kirishda ayblangan.
Gumondor 2023–2024 yillarda ushbu yuk mashinasi turar joyiga yaqin joyda joylashgan yog‘och quti ishlab chiqarish ustaxonasida ishlagan. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar operatsiya o‘tkazgan paytda u mazkur hududda bo‘lgani sababli qo‘lga olingan va gumonlanuvchi sifatida qamoqqa olingan.
Sud majlisi yakuniga ko‘ra, sudya ish materiallarini ko‘rib chiqib, qamoqda saqlash chorasi bekor qilinishi va fuqaroni ozod qilish haqida qaror qabul qildi.
Mavzuga oid
09:00 / 16.06.2026
Firibgarlar sud organlari nomidan SMS yubormoqda
20:43 / 08.06.2026
Sudyalar uchun daromad va mol-mulk deklaratsiyasini taqdim etish tizimi ishga tushiriladi
08:56 / 28.05.2026
Ehtiyot choralarini bekor qilish vakolati faqat sudga o‘tkazilishi mumkin
19:43 / 18.05.2026