Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ulan-Ude - Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri aviareyslar yo‘lga qo‘yiladi
O‘zbekistonning Centrum Air xususiy aviakompaniyasi shu yilning 30 oktyabr sanasidan boshlab Ulan-Ude-Toshkent yo‘nalishi bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri aviareyslarni yo‘lga qo‘yadi.
Parvozlar haftada bir marta payshanba kuni Airbus A320 samolyotida amalga oshiriladi.
Buryatiya poytaxtidagi "Baykal" aeroporti rahbariyatining ta’kidlashicha, Toshkent Markaziy Osiyoda jadal rivojlanayotgan aviatsiya markazi sifatida alohida qiziqish uyg‘otadi. U Bangkok, Seul, Guanchjou, Tbilisi va Dubay kabi mashhur yo‘nalishlarga qulay ulanish reyslarini taklif etadi.
Yangi yo‘nalish Buryatiya poytaxtidan xalqaro reyslar geografiyasini kengaytirib, respublika aholisiga qo‘shimcha sayohat imkoniyatlarini taqdim etadi. Shuningdek, ochilayotgan havo qatnovlari O‘zbekiston va Buryatiya o‘rtasidagi o‘zaro sayyohlik oqimini sezilarli darajada oshirishga xizmat qilishi kutilmoqda.
Ulan-Ude-Toshkent o‘rtasidagi to‘g‘ridan to‘g‘ri havo qatnovini ochish imkoniyati shu yil 22 may kuni Ulan-Ude shahrida Buryatiya bosh vaziri o‘rinbosari, qishloq xo‘jaligi va oziq-ovqat vaziri Amgalan Darmayev boshchiligida O‘zbekistonning Novosibirskdagi bosh konsuli ishtirokida bo‘lib o‘tgan Buryatiya hukumatining kengaytirilgan yig‘ilishida muhokama qilingan edi.
Mavzuga oid
10:25
Toshkentning yangi xalqaro aeroportini qurish bo‘yicha DXSh bitimi imzolandi
11:35 / 17.06.2026
Toshkent dunyoning eng tez o‘zgarayotgan shaharlari qatoriga kirdi
16:28 / 13.06.2026
Toshkentda yo‘l talashgan haydovchi ikkinchi haydovchiga tayoq bilan hujum qildi
20:06 / 10.06.2026