Jahon | 13:48 / 21.10.2025
2538
2 daqiqa o‘qiladi

Rheinmetall Germaniya va Niderlandiyadan milliard yevrolik buyurtma oldi

Germaniyaning Rheinmetall konserni Germaniya va Niderlandiya qurolli kuchlari uchun 222 ta zirhli transportyor ishlab chiqarish bo‘yicha shartnoma imzoladi. Buyurtmaning umumiy qiymati 3 milliard yevrodan oshadi.

Foto: Rheinmetall

20 oktyabr, dushanba kuni Germaniyaning Rheinmetall konserni Germaniya va Niderlandiya qurolli kuchlariga harbiy texnika yetkazib berish bo‘yicha ko‘p milliard yevrolik yangi shartnoma haqida e’lon qildi. Rheinmetall bayonotiga ko‘ra, konsern 222 ta «Shoqol» bronetransportyoriga buyurtma olgan.

Buyurtma Rheinmetall kompaniyasiga tegishli Artec kompaniyasi va shu nomdagi Niderlandiya konserni tarkibiga kiruvchi Germaniyaning KNDS mudofaa kompaniyasi tomonidan bajariladi.

150 ta zirhli texnika Bundesverga, 72 tasi Niderlandiya armiyasiga yetkaziladi. Shartnomaning umumiy qiymati 3,41 milliard yevro, Rheinmetall ulushi esa - 3 milliard yevro. Rheinmetall aksiyalari ushbu e’londan so‘ng sezilarli darajada oshdi, deb xabar beradi dpa axborot agentligi.

«Yangi zirhli transportyor eng yuqori darajadagi harakatchanlik, himoya va o‘q otish qobiliyatini o‘zida mujassam etgan», — deyiladi kompaniya bayonotida. «Shoqol» — bu Boxer zirhli jangovar mashinasi (ZJM) va Puma ZJM minorasining kombinatsiyasi bo‘lib, pulemyot bilan jihozlangan.

Iyul oyida Yevropa Ittifoqining 18 davlati, jumladan Fransiya, Ispaniya va Polsha qo‘shma mudofaa investitsiya dasturi (SAFE, Security Action for Europe) doirasida mudofaa loyihalari uchun kamida 127 milliard yevro miqdorida kredit so‘ragan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid