Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Urgutda o‘quvchi qizlar janjali ortidan 12 ota-ona jarimaga tortildi
Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Ijtimoiy tarmoqlarda bir guruh maktab o‘quvchi qizlari bir-birining sochidan yulib, janjallashayotgani aks etgan video tarqaldi. Holat Urgut tumanida kuzatilgani ma’lum bo‘ldi.
Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining xabar berishicha, voqea yuzasidan ishchi guruh tuzilib, holat ichki ishlar idoralari bilan hamkorlikda o‘rganilgan.
Aniqlanishicha, joriy yilning 13 oktabr kuni 41-umumta’lim maktabining 9-"A" sinf o‘quvchisi F.F. bilan 9-"B" sinf o‘quvchisi R.G. telefon orqali gap talashgan. Oradan bir kun o‘tib, 14 oktabr kuni soat 14:20 atrofida ular Qoratepa mahallasining Sarbozor ko‘chasida uchrashib, o‘zaro janjallashgan.
Voqea joyida boshqa sinfdoshlari ham bo‘lgan. Shundan so‘ng maktabda o‘quvchilar va ularning ota-onalari bilan profilaktik suhbat o‘tkazilgan.
Boshqarma ma’lumotiga ko‘ra, tuman IIB xodimlari tomonidan jarayonda ishtirok etgan jami 12 nafar o‘quvchining ota-onalariga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.
Mavzuga oid
18:37 / 02.05.2026
Farg‘ona va Surxondaryoda sel kuzatildi, Samarqandda ko‘chalarni suv bosdi
09:45 / 21.04.2026
Samarqandda mashinasozlik sanoat zonasi tashkil etiladi
10:35 / 20.04.2026
Samarqandda noqonuniy oltin ajratib olish faoliyatiga chek qo‘yildi
15:09 / 04.04.2026