Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
RKN: RFda WhatsApp va Telegram ishida cheklovlar joriy etildi
Roskomnadzor so‘nggi kunlarda RFda kuzatilgan WhatsApp va Telegram ishidagi uzilishlarni messenjerlar ishidagi «qisman cheklovlar» deb atadi. Idora ma’lumotlariga ko‘ra, bu platformalar rossiyaliklarni aldash uchun «asosiy servislar»ga aylangan.
Foto: Getty Images
Roskomnadzor (RKN) Rossiyada — ayniqsa, mamlakatning janubiy hududlarida — platformalar ishidagi uzilishlar fonida WhatsApp va Telegram messenjerlarining ishi «qisman cheklanayotgani»ni ma’lum qildi. «Huquqni muhofaza qiluvchi organlar materiallari asosida jinoyatchilarga qarshi kurashish uchun xorijiy messenjerlar ishini qisman cheklash choralari ko‘rilmoqda», — dedi nazorat idorasi vakillari chorshanba, 22 oktyabr kuni.
Idoraning ta’kidlashicha, huquqni muhofaza qiluvchi organlar ma’lumotlari va «fuqarolarning ko‘plab murojaatlari»ga ko‘ra, Telegram va WhatsApp rossiyaliklarni «aldash va pul undirish, diversiya va terroristik faoliyatga jalb etish» uchun qo‘llanayotgan «asosiy servislar»ga aylangan. «Messenjer egalariga qarshi choralar ko‘rish yuzasidan bir necha bor yuborilgan talablar inobatga olinmagan», — deb qo‘shimcha qildi RKN.
Rossiyada xorijiy messenjerlar ishidagi muammolar 20 oktyabrdan qayd etila boshladi. «Kommersant» ta’kidlashicha, shu kuni Rossiya platformalari — Max va «VK Qo‘ng‘iroqlar»da ham uzilishlar kuzatilgan.
21 oktyabr kuni Telegram va WhatsApp ishidagi uzilishlar mamlakat janubida ikki marta qayd etildi — xususan Krasnodar va Stavropol o‘lkalari, Adigeya, Rostov va Astraxan viloyatlarida. 22 oktyabrda ham ayrim hududlarda messenjerlar vaqt-vaqt bilan yomon ishladi — bundan «Sboy.rf» va detector404.ru portallari ma’lumotlari dalolat beradi. Jumladan Novosibirsk, Tomsk, Irkutsk viloyatlari, Krasnoyarsk o‘lkasi, bundan tashqari, Vladivostok, Buryatiya, Yakutiya va Kamchatka aholisi ham muammolar haqida shikoyat qildi.
13 avgust kuni RKN ushbu messenjerlarda «qo‘ng‘iroqlarni qisman cheklash» haqida xabar bergan edi. O‘shanda idora «huquqni muhofaza qiluvchi organlar ma’lumotlari va fuqarolarning ko‘plab murojaatlari»ga tayanib, Telegram va WhatsApp rossiyalik fuqarolar uchun tahdidlar yaratish maqsadida ishlatilayotganini bildirgan. Bundan bir necha kun oldin ham RF foydalanuvchilari uzilishlardan shikoyat qilgandi.
OAV ma’lumotlariga ko‘ra, xorijiy messenjerlardagi qo‘ng‘iroqlarni bloklash so‘rovi Rossiyadagi aloqa operatorlarining «katta to‘rtligi» (Ms, «Megafon», «Bilayn» va Tele2) tomonidan ilgari surilgan. Operatorlardan biriga ko‘ra, bu qadam, go‘yoki, messenjerlarni umuman bloklash ehtimolini bartaraf etishi mumkin, «chunki huquq-tartibot idoralarining asosiy e’tirozlari yo‘qqa chiqadi». Yana bir pozitsiya shundan iborat ediki, qo‘ng‘iroqlarni bloklash kiberfiribgarlik muammosini hal qilishga yordam beradi.
Mavzuga oid
10:53 / 29.11.2025
Roskomnadzor WhatsApp messenjerini to‘liq bloklash bilan tahdid qilmoqda
22:42 / 14.11.2025
Telegram bir kunda rekord darajada ko‘p kanalni blokladi
19:23 / 13.11.2025
Fransiya hukumati Telegram asoschisi Durovga qo‘yilgan cheklovlarni butunlay olib tashladi
11:47 / 25.10.2025