Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yo‘ldosh aloqa tarmoqlari operatorlari QQS va foyda solig‘idan ozod qilinadi
2026 yil 1 yanvardan boshlab 5 yil muddatga o‘rta va past orbitali yo‘ldosh aloqa tarmoqlarini O‘zbekiston hududida markaziy yer stansiyasi orqali tashkil qilish bilan bog‘liq bo‘lgan loyihalar doirasida imtiyozlar beriladi.
Prezidentning “Respublikaning olis hududlarida aloqa qamrovini oshirishda yo‘ldosh aloqa texnologiyalarini joriy etish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.
Qarorga ko‘ra, yo‘ldosh aloqa texnologiyalarini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:
o‘rta va past orbitali yo‘ldosh aloqa tizimlarini joriy etish va foydalanishning normativ-huquqiy asoslarini yaratish;
olis hududlar va yer usti tarmoqlari qamrovidan tashqari hududlarda telekommunikatsiya xizmatlarini ko‘rsatish uchun qulay sharoitlar yaratish.
Yo‘ldosh aloqa tizimini joriy etish va yo‘ldosh internet xizmatlarini ko‘rsatish O‘zbekiston Respublikasi hududida telekommunikatsiyalar sohasida litsenziyalanadigan faoliyat turlari etib belgilandi.
2026 yil 1 yanvardan boshlab 5 yil muddatga o‘rta va past orbitali yo‘ldosh aloqa tarmoqlarini O‘zbekiston hududida markaziy yer stansiyasi orqali tashkil qilish bilan bog‘liq bo‘lgan loyihalar doirasida quyidagi imtiyozlar beriladi, jumladan:
▪️ import qilinadigan qurilmalar, dasturiy mahsulotlar, ehtiyot va butlovchi qismlar bojxona to‘lovlaridan ozod qilinadi;
▪️ yo‘ldosh aloqa tarmoqlari operatorlari tomonidan yo‘ldosh aloqa tizimi orqali ko‘rsatilgan xizmatlar qo‘shilgan qiymat solig‘idan ozod etiladi;
▪️ yo‘ldosh aloqa tarmoqlari operatorlari yaratilgan yo‘ldosh aloqa tizimi orqali ko‘rsatgan xizmatlari uchun foyda solig‘idan ozod qilinadi.
Shavkat Mirziyoyev 21 oktyabr kuni sun’iy intellekt texnologiyalarini rivojlantirish bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda O‘zbekistonda sun’iy intellekt infratuzilmasiga 100 mln dollardan ko‘p sarmoya kiritgan investorlarga imtiyozlar berilishini ma’lum qilgandi.
Mavzuga oid
17:49 / 19.05.2026
Ayrim pedagoglarga samolyot va poyezd chiptasi uchun chegirma berilishi mumkin
08:03 / 15.05.2026
Infografika: dunyoda eng ko‘p sun’iy yo‘ldoshga kim egalik qiladi?
12:01 / 01.05.2026
Eng ko‘p soliq va bojxona imtiyozini olgan kompaniyalar ma’lum qilindi
22:38 / 08.04.2026