Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xitoyda kolonka ko‘rinishidagi kompyuter chiqdi
Xitoyda noodatiy dizaynga ega yangi EX1/EXR1 mini-kompyuteri sotuvga chiqdi. Qurilma Chatreey va Soayan brendlari ostida ishlab chiqarilgan bo‘lib, tashqi ko‘rinishi bilan oddiy kompyuterdan ko‘ra aqlli kolonkani eslatadi.
Kompyuter silindr shaklida bo‘lib, ustida yorqin LED halqasi bor va tashqi tomoni matodan qoplangan. Bu unga zamonaviy, toza va minimalistik ko‘rinish beradi — ya’ni u stol ustida ham, mehmonxonada ham estetik ko‘rinadi.
Texnik jihatdan EX1/EXR1 8 yadroli AMD Ryzen 7 8745HS protsessori, Radeon 780M grafikasi, DDR5 tezkor xotirasi va NVMe PCIe 4.0 SSD bilan jihozlangan. Bundan tashqari, unda Wi-Fi 6, Bluetooth 5.0, USB4 Type-C, HDMI 2.1, DisplayPort 2.0, 2.5G internet porti mavjud.

Eng qiziqarli jihati — uning ichiga ikki dona 10 vattli karnay o‘rnatilgan. Bu bilan musiqa tinglash va kino tomosha qilish juda qulay hisoblanadi. Qurilma ichki batareyaga ega emas, ya’ni u faqat elektrga ulangan holatda ishlaydi. Bu uni ko‘chma emas, balki stol usti kompyuteri turiga kiritadi.
Narxi taxminan $480 atrofida bo‘lib, bu sinfdagi kompyuterlar orasida arzon va qulay variant hisoblanadi.
Mavzuga oid
18:45 / 08.06.2024
«O‘zbekneftgaz» 3 dona kompyuter qurilmasini 232 mln so‘mga sotib oldi
17:23 / 06.05.2022
Xitoyda barcha davlat organlari va kompaniyalaridagi import kompyuterlar mahalliy kompyuterlarga almashtiriladi
14:49 / 07.12.2020
Turkmanistonda birinchi sinf o‘quvchilariga mamlakatda ishlab chiqarilgan kompyuterlar sovg‘a qilinadi
15:03 / 27.03.2018