O‘zbekiston | 18:45 / 08.06.2024
9240
1 daqiqa o‘qiladi

«O‘zbekneftgaz» 3 dona kompyuter qurilmasini 232 mln so‘mga sotib oldi

O‘tkazilgan tanlovda 3 ta taklif bildirilgan va yakunda yakka tartibdagi tadbirkor Sadikov Laziz O‘ktamovich bilan 232,1 mln so‘mlik kontrakt tuzilgan.

Foto: «O‘zbekneftgaz»

«O‘zbekneftgaz» AJ 3 dona kompyuter platasini qariyb 232 mln so‘mga sotib olgan. Bu haqda Davlat xaridlari portalida keltirib o‘tilgan.

Qayd etilishicha, lotning boshlang‘ich bahosi 246,9 mln so‘mni tashkil etgan. Tanlovda 3 ta taklif bildirilgan va yakunda yakka tartibdagi tadbirkor Sadikov Laziz O‘ktamovich bilan 232,1 mln so‘mlik kontrakt tuzilgan.

Shartnomada kompyuter qurilmalari xorijda ishlab chiqarilgani aytilgan va ularning narxi quyidagicha:

·       70,8 mln so‘m;

·       93,4 mln so‘m;

·       67,8 mln so‘m.

Avvalroq, Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan davlat xaridlari bo‘yicha 19 ta holatda jami 8,1 mlrd so‘mlik qonunbuzilish holatlari aniqlangani xabar qilingandi.

Достон Аҳроров
Muallif Достон Аҳроров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid