Jahon | 13:35 / 24.10.2025
3670
2 daqiqa o‘qiladi

Zelenskiy Yevropadan Ukrainaga "Tomagavklar" yetkazib berishga chaqirdi

Volodimir Zelenskiy Amerikaning Tomahawk raketalarini Yevropa zaxiralaridan Ukrainaga o‘tkazishga chaqirdi. Vladimir Putin bu «eskalatsiyaga urinish» ekanini va Moskvaning javobi «hayratlanarli» bo‘lishini aytdi.

Foto: eddtoro35/Depositphotos/Imago

Ukraina Yevropa zaxiralaridan Amerikaning uzoq masofali Tomahawk raketalarini qabul qilishi mumkin. Ukraina prezidenti veb-saytiga ko‘ra, Volodimir Zelenskiy bu chaqiriqni 23 oktyabr, payshanba kuni Bryusselda bo‘lib o‘tgan Yevropa Ittifoqi yetakchilari sammitida bildirgan.

Zelenskiy uzoq masofali qurollardan foydalanish Vladimir Putinga urush oqibatlarini his qilishiga sabab bo‘lishini aytdi. «Men sizlarni Ukrainaning bunday imkoniyatlarga ega bo‘lishiga yordam beradigan har qanday narsani qo‘llab-quvvatlashga chaqiraman, chunki bu Rossiyaga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi», dedi siyosatchi Yevropa yetakchilariga murojaat qilib.

«Uzoq masofali qurollar nafaqat AQShda, balki ba’zi Yevropa mamlakatlarida, jumladan, "Tomagavklar" mavjud. Biz allaqachon yordam bera oladigan mamlakatlar bilan gaplashmoqdamiz. Va bu mavzu ko‘tarilganda Putin qanchalik asabiylashganiga qarang. U uzoq masofali qurollar urush yo‘nalishini chindan ham o‘zgartirishi mumkinligini tushunadi», deb davom etdi Vladimir Zelenskiy.

U Yevropani muzlatilgan Rossiya aktivlarini iloji boricha tezroq Ukrainaga o‘tkazishga chaqirdi. «Biz bu mablag‘larning katta qismini Yevropa qurollarini sotib olish uchun ishlatishni rejalashtirmoqdamiz», deb va’da berdi Zelenskiy.

«Bu pul sizga ham, bizga ham yordam berishi mumkin. Endi u bizni mustahkamlash uchun ishlatilishi mumkin: Ukrainaning havo mudofaasi, havo kuchlari va front chizig‘idagi pozitsiyalarni. Bu hayotni saqlab qolish demakdir», dedi Ukraina prezidenti.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid