Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Jarqo‘rg‘on tandir go‘shti» geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi
Surxondaryo viloyatining Jarqo‘rg‘on tumaniga xos «Jarqo‘rg‘on tandir go‘shti» milliy taomi geografik ko‘rsatkich sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu nom va an’anaviy tayyorlash usulini huquqiy himoya qilish, sifat standartlarini mustahkamlash hamda hududiy gastronomik brendni keng targ‘ib etishga xizmat qiladi.
Ma’lumotga ko‘ra, taomning o‘ziga xosligi hududning issiq-quruq iqlimi, yaylovda boqilgan hisori qo‘zilar go‘shti, shuningdek, archa shoxlaridan foydalanib tandirda pishirish texnologiyasi bilan belgilanadi. «Jarqo‘rg‘on tandir go‘shti» odatda +400 °C atrofida qizdirilgan yer tandirda 1,5–2 soat davomida bug‘ va issiqlik ta’sirida tayyorlanadi.
Geografik ko‘rsatkich sifatida ro‘yxatdan o‘tkazish taom nomini noqonuniy foydalanishdan asraydi, an’anaviy retseptura va ishlab chiqarish tartibini himoya qiladi, xizmat ko‘rsatish va mahsulot sifatiga oid standartlarni mustahkamlaydi. Shu bilan birga, Surxondaryoning hududiy gastronomik brendini ilgari surish, ichki va tashqi turizm yo‘nalishlarida kengroq namoyish etish imkonini beradi.
Geografik ko‘rsatkich (GK) — muayyan hududga mansub mahsulot nomini ifoda etuvchi, aynan shu hududning tabiiy-iqlimiy va ijtimoiy-madaniy omillari bilan bog‘liq alohida sifat, sha’n va obro‘ni kafolatlaydigan intellektual mulk obektidir. GK mahsulot manbasini aniqlaydi, iste’molchiga kelib chiqishiga ishonch beradi va ishlab chiqaruvchi uchun qo‘shimcha qiymat yaratadi.
Mavzuga oid
12:15 / 15.07.2025
Surxondaryoda advokat 50 ming dollar bilan ushlandi
16:33 / 12.03.2025
Surxondaryoda bolasini sotmoqchi bo‘lgan ayol 3 yilga qamaldi: 6 bola va nogiron er qarovsiz qoldi
17:30 / 10.03.2025
Surxondaryoda bolasini sotmoqchi bo‘lgan ayol 3 yilga qamaldi
17:12 / 08.06.2024