Xalq deputatlari Jarqörğon tumani Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasida tumanga yangi hokim tayinlandi.

Sessiyada Surxondaryo viloyati hokimi Uluğbek Qosimov iştirok etib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantiriş böyiça amalga oşirilgan işlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar haqida ma’lumot berdi.

Yiğilişda Jarqörğon tumani hokimi vazifasida işlab kelgan Elmurod Avazov egallab turgan lavozimidan ozod etilgani ma’lum qilindi.

Viloyat rahbari tomonidan tuman hokimi lavozimiga Ilhom Oçiloviç Saparov nomzodi taklif etildi. Uşbu nomzod Xalq deputatlari tuman Kengaşi deputatlari tomonidan ma’qullanib, u Jarqörğon tumani hokimi etib tasdiqlandi.

Ma’lumot uçun, Ilhom Saparov 1975 yilda Termiz tumanida tuğilgan. U 2002 yilda Termiz davlat universitetining bakalavriat, 2011 yilda magistratura bosqiçini tamomlagan.

Mehnat faoliyati davomida u Surxondaryo viloyatidagi Örta maxsus, kasb-hunar ta’limi, Xalq ta’limi hamda Madaniyat boşqarmalarida rahbarlik lavozimlarida işlagan. Tayinlovga qadar esa Surxondaryo viloyati hokimining örinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.