Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rus tili imtihonidan o‘tolmagan migrantlar soni ma’lum qilindi
Iyul-sentabr oylarida Rossiyada ishlash ruxsatnomasi yoki patent olish uchun zarur bo‘lgan test sinovlarida 275,6 ming kishi ishtirok etdi.
Migrantlarning uchdan bir qismidan ko‘prog‘i birinchi urinishda rus tili imtihonidan o‘tolmadi. Bu haqda Rossiya Ta’lim va fan vazirligiga tayanib RIA Novosti xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, 2025 yilning iyul oyidan sentabr oyigacha rus tili bo‘yicha imtihonni birinchi urinishda chet elliklarning 35 foizdan ortig‘i topshira olmagan. Umuman olganda, bu davrda Rossiyada ishlash ruxsatnomasi yoki patent olish uchun zarur bo‘lgan test sinovlarida 275,6 ming kishi ishtirok etdi. Ularning deyarli 87 foizi rus tilidan imtihonni muvaffaqiyatli topshirdi.
Birinchi darajadagi attestatsiya Rossiyada ishlash ruxsatnomasini olish uchun talab qilinadi va faqat til bilish imtihonini o‘z ichiga oladi. Ikkinchi blok vaqtincha yashash uchun ruxsatnoma (RVP), uchinchi blok esa yashash uchun ruxsatnoma (VNJ) berish uchun zarur. Ular Rossiya qonunchiligi tarixi va asoslari bo‘yicha testlarni o‘z ichiga oladi. Vazirlikning aniqlik kiritishicha, imtihonni mamlakat hududidagi 203 ta punktda topshirish mumkin. Ular Rossiyaning barcha sub’yektlarida, shuningdek, uning tashqarisida, xususan, Tojikiston va O‘zbekistonda ham tashkil etilgan.
Mavzuga oid
14:47
Rossiyada SnapChat ilovasi bloklandi
23:00 / 04.12.2025
Amerika delegatsiyasi Zelenskiy bilan uchrashuvni bekor qilgan - OAV
20:56 / 04.12.2025
Janubiy Koreya noqonuniy migrantlarning ixtiyoriy ravishda chiqib ketishi uchun 90 kunlik dastur e’lon qildi
15:46 / 04.12.2025