O‘zbekiston | 13:30 / 28.10.2025
2823
1 daqiqa o‘qiladi

Tuman-shaharlarda mahalliy idoralar joylashuvi optimallashtiriladi

Vazirlar Mahkamasining 2025 yil 22 oktyabrdagi 668-son qaroriga ko‘ra, jadal kompleks rivojlantirish uchun tanlab olingan tuman (shahar)larda mahalliy boshqaruv organlari bir joyga jamlanadi. Bo‘shatiladigan davlat bino-inshootlari E-auksion orqali sotilib, o‘rnida tadbirkorlik loyihalari yo‘lga qo‘yiladi. Qaror 2025 yil 24 oktyabrdan kuchga kirgan. 

Tuman/shahar mahalliy boshqaruv organlari yangi ko‘p funksiyali, ko‘p qavatli ma’muriy binolarga joylashtiriladi (namunaviy loyiha asosida). Bo‘shatilgan obektlar: davlat ko‘chmas mulklarining ro‘yxati shakllantirilib, ular elektron auksion orqali sotuvga qo‘yiladi, tadbirkorlik loyihalariga berildi. 

Yangi ma’muriy binolar qurilishi/rekonstruksiyasi uchun respublika budjetidan 20 mlrd so‘mgacha budjet ssudasi ajratiladi. Qolgan qismi — auksionda sotuvdan tushgan mablag‘lar va zaruratda boshqa davlat aktivlarini sotish hisobiga qoplanadi. 

Sotuvdan tushumlar, xarajatlar chegirilgandan so‘ng, ssudani qaytarish va yangi binolar qurilishiga maqsadli yo‘naltiriladi. 

Obektlar E-auksion'ga chiqarilayotgan fazada balansda saqlovchi va foydalanuvchi tashkilotlar ulardan tekin foydalanish huquqini yangi binoga ko‘chguncha davom ettira oladi. Bu davrdagi soliq, kommunal va saqlash xarajatlari ekspluatatsiya shartnomasiga muvofiq qoplanadi. 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid