Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Afg‘onistonda o‘zbek to‘qimachilik quvvatlarini qayta tiklashga start berildi
O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Afg‘onistonning “Afg‘on tekstil korporatsiyasi” o‘rtasida faoliyati to‘xtagan ayrim to‘qimachilik korxonalarini Afg‘oniston hududida lokalizatsiya qilish bo‘yicha memorandum imzolandi. 18–23 oktyabr kunlari delegatsiya Afg‘onistonda qator obektlarni o‘rgandi.
Foto: Savdo-sanoat palatasi
O‘zbekiston va Afg‘oniston o‘rtasida savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirish, xususiy sektor hamkorligini mustahkamlash va yirik investitsion loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha izchil ishlar davom etmoqda.
Shu doirada O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi va Afg‘onistonning davlat korxonasi — “Afg‘on tekstil korporatsiyasi” o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Hujjat doirasida dastlabki inventarizatsiya va loyihalash ishlarini tashkil etish nazarda tutilgan.

Belgilangan vazifalarni bajarish maqsadida joriy yilning 18–23 oktyabr kunlari palata xodimi Z.Normatov hamda soha mutaxassislaridan iborat delegatsiya Afg‘onistonga xizmat safari uyushtirdi. Safar davomida quyidagi obektlar o‘rganildi:
- Parvon viloyati, Gulbahor tumanidagi “Gulbahor tekstil fabrikasi”;
- Kobul shahridagi tikuv sexi;
- Qandahor viloyatidagi “Qandahor tekstil fabrikasi”;
- Balx viloyati, Mozori-Sharif shahridagi “Balx tekstil fabrikasi”;
- Bag‘lon viloyati, Puli-Xumri shahridagi “Puli-Xumri tekstil fabrikasi”.

Tashrif chog‘ida binolarning joriy holati, texnologik uskunalar va infratuzilma imkoniyatlari baholandi, dastlabki loyihalash uchun zarur texnik-iqtisodiy ma’lumotlar yig‘ildi.

Ayni paytda ekspertlar mazkur ma’lumotlarni qayta ishlash va tahlil qilishni olib bormoqda. Ushbu jarayonlar Afg‘onistondagi to‘qimachilik korxonalarini qayta tiklash va ishga tushirish bo‘yicha aniq takliflar ishlab chiqishga xizmat qiladi.
Mavzuga oid
21:23 / 04.12.2025
Afg‘onistonda 13 yoshli bola qarindoshlarining qotilini 80 000 tomoshabin oldida qatl qildi
20:27 / 02.12.2025
Tojikiston afg‘on chegarasini qo‘riqlash uchun Rossiyadan harbiy yordam so‘radi
19:03 / 02.12.2025
Tojik-afg‘on chegarasida yana ikki xitoylik halok bo‘ldi, Xitoy xavfsizlikni ta’minlashni talab qildi
17:36 / 02.12.2025