Turizm | 10:12 / 29.10.2025
1907
1 daqiqa o‘qiladi

Ichki turizmda keksalar uchun ijtimoiy chegirmalar paketi ishga tushadi

1–30 noyabr kunlari “Keksalar uchun turizm oyligi” doirasida keksa avlod vakillari uchun joylashish, transport, muzey va ziyoratgoh xizmatlarida maxsus chegirmalar amal qiladi.

Foto: Kun.uz

Tashabbusning maqsadi — keksalarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, dam olishini mazmunli tashkil etish va aholini ichki turizmga yanada jalb qilish.

Nimalar arzonlashadi:

  • joylashish vositalari: respublika bo‘ylab mehmonxona va pansionatlarda 20 foizgacha ixtiyoriy chegirmalar;
  • Uzbekistan Airways (ichki reyslar): 60+ yoshli erkaklar va 55+ yoshli ayollar uchun iqtisodiy klass chiptalariga 15 foizgacha chegirma (1–30 noyabr davomida amal qiladi);
  • “O‘zbekiston temiryo‘llari”: mazkur toifadagilarga barcha ichki yo‘nalishlarda (“Afrosiyob”dan tashqari) yo‘l haqining tarif qismiga 20 foiz chegirma;
  • muzey va madaniy meros obektlari (Madaniy meros agentligi): kirish chiptalariga 10 foizgacha chegirma;
  • “Vaqf” fondi ziyoratgohlari: tashrif uchun 20 foizgacha chegirma.

Loyiha davrida bozor, bog‘, ziyoratgoh va muzeylarga tashriflar qulay shartlarda tashkil etiladi. Sayohat paytida xavfsizlik va sanitariya-gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etish tavsiya etiladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid