Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqandda YuNeSKO milliy komissiyalarining 12-yig‘ilishi boshlandi
29 oktyabr kuni Samarqand shahrida YuNeSKO bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida milliy komissiyalarning 12-yig‘ilishi start oldi. Kun tartibida yoshlar siyosati, davlat–jamiyat–xususiy sektor hamkorligi, barqaror rivojlanish va inklyuzivlik masalalari muhokama etilmoqda.
Foto: Telegram / Rasmiy_axborot_official
Samarqand shahrida YuNeSKO ishlari bo‘yicha milliy komissiyalarning 12-yig‘ilishi o‘z ishini boshladi. Tadbir YuNeSKO bosh konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida o‘tmoqda.
Anjumanda tashkilot kun tartibidagi dolzarb yo‘nalishlar — yoshlar siyosati rivojlanishi, davlatlar, fuqarolik jamiyati va xususiy sektor o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish, barqaror rivojlanish hamda inklyuzivlik masalalari ko‘rib chiqilmoqda.

Yig‘ilishni YuNeSKO bo‘yicha O‘zbekiston milliy komissiyasi raisi Gayane Umerova ochib berdi va yig‘ilish raisi etib saylandi. U o‘z nutqida kun tartibining mazmunan boyligi va YuNeSKO faoliyati uchun muhim yo‘nalishlarni qamraganini ta’kidladi.
Anjuman doirasida ishtirokchilar amaliy taklif va tashabbuslarni muhokama qilishi, shuningdek, hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha kelishuvlarga erishishi kutilmoqda.

Mavzuga oid
15:23 / 01.06.2026
Samarqanddagi 4 ta oliygoh qayta tashkil etiladi
18:09 / 31.05.2026
Samarqandda Global ekologik fond Kengashining 71-yig‘ilishi boshlandi
18:28 / 28.05.2026
Toshkent-Samarqand pulli yo‘lini Xitoy kompaniyasi quradi. Loyiha qiymati - 2 mlrd 185 mln dollar
17:12 / 27.05.2026