Samarqand şahrida YuNeSKO işlari böyiça milliy komissiyalarning 12-yiğilişi öz işini boşladi. Tadbir YuNeSKO boş konferensiyasining 43-sessiyasi doirasida ötmoqda.
Anjumanda taşkilot kun tartibidagi dolzarb yönalişlar — yoşlar siyosati rivojlanişi, davlatlar, fuqarolik jamiyati va xususiy sektor örtasida hamkorlikni kuçaytiriş, barqaror rivojlaniş hamda inklyuzivlik masalalari körib çiqilmoqda.

Yiğilişni YuNeSKO böyiça Özbekiston milliy komissiyasi raisi Gayane Umerova oçib berdi va yiğiliş raisi etib saylandi. U öz nutqida kun tartibining mazmunan boyligi va YuNeSKO faoliyati uçun muhim yönalişlarni qamraganini ta’kidladi.
Anjuman doirasida iştirokçilar amaliy taklif va taşabbuslarni muhokama qilişi, şuningdek, hamkorlikni yanada mustahkamlaş böyiça kelişuvlarga erişişi kutilmoqda.














